211
“Domino” o‘yini. O‘qituvchi ertakdan biron so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi
harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni
aytishi
kerak. Masalan: badavlat – tinimsiz – ziyofat – takabburona – ataylab –
boy – yig‘in – novvot….
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan
gaplarni matndan topib
o‘qishadi yoki ularning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, bugun biz “Bolalar gurungi” ertagining 2-qismi
bilan
tanishamiz.
Ertakni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar
diqqat bilan eshiti-
shadi. So‘ng notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
o‘sal – qattiq hijolat bo‘lmoq,
noqulay holatda qolmoq
loaqal – hech bo‘lmaganda,
eng kamida
falonchi –
kimsani aniq atamasdan, uning ismi o‘rnida
ishlatiladi-
gan so‘z
aslzoda – yuqori tabaqali
zotlarga mansub shaxs
Ertak mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
– Kambag‘al bola kimlarga havasi keldi?
– Bolaga qizchalarning gapi qanday ta’sir qildi?
– Ko‘p yillar o‘tib o‘sha shaharda qanday uy paydo bo‘ldi? Bu uy
kimniki edi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: