Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


“O‘z o‘rningni top” mеtodi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   264
“O‘z o‘rningni top” mеtodi. 1. Sinfning qarama-qarshi bur-
chak lariga ikkita rasm osiladi. Ularning biriga “Roziman”, 
bosh qasiga “Rozi emasman” dеgan so‘zlar yozilishi kеrak. 
Rasmlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-
qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: “Inson orzu-umidlariga 
ota-onasining boyligi yordamida ham erishsa bo‘ladi”, yoki “Inson or-
zu-umidlariga faqat bilimi va intilishi yordamida erishadi”.
2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
3. Qaralayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos kеladigan 
rasmlar yoniga borish zarurligi o‘qituvchilarga taklif etiladi. 
4. Bo‘lingan o‘quvchilardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu 
paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tariqa 
sinfdagi o‘quvchilarning hammasi jalb etiladi. 
5. O‘quvchilar ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytga-
nini aniqlash so‘raladi. 


212
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
O‘quvchilar ertakni navbat bilan “Zanjir” usulida o‘qiydilar.
“Topshiriqli o‘qish” mashqi o‘tkaziladi.
– Bolaning ota-onasi haqidagi gapni o‘qing.
– Kambag‘al bola uchun katta baxt nima edi?
– Darslikdagi rasmga mos misralarni topib o‘qing.
– Shaharda paydo bo‘lgan uyning egasi haqidagi gapni o‘qing.
Mashq natijasi tahlil qilinadi va xulosalanadi.
Test topshiriqlari:
Kambag‘al bola qayerda turgan ekan?
1. 
A) eshik orqasida B) devor orqasida
D) deraza orqasida
E) shkaf orqasida
2. Qachon bolaga o‘yin-kulgi qilayotgan bolalarni tomosha qi-
lishga ruxsat berildi?
A) iltimos qilganida
B) uxlab turganida
D) yumushini tugatgach
E) tushlikdan so‘ng
3. Bola nima uchun o‘sal bo‘lib, umidsizlikka tushishi mumkin edi?
A) qizchalarning gapidan 
B) otasining tanbehidan
D) onasining gapidan
E) ustozining koyishidan
4. Bolaning o‘ylashicha, nima uchun undan durustroq odam chiq-
maydi?
A) boyligi uchun
B) odobsizligi uchun
D) dangasaligi uchun E) kambag‘alligi uchun
5. Ko‘p yillardan so‘ng shaharda paydo bo‘lgan xazinalar liq 
to‘la uy kimniki ekan? 
A) savdogarniki B) aslzodaniki
D) “kamer-yunker”niki E) kambag‘al bolaniki

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling