Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   264
“Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Tanbeh” hikoya sini 
“Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘zlaydilar. Bunda o‘quv-
chilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan hikoyaning o‘zlari 
xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan 
juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baholarini qisqacha izohi 
bilan aytadilar. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
– Alisher Navoiy Mirak naqqoshga qanday topshiriq bergan edi?
– Ishboshilar naqqoshga qanday choralar ko‘rdilar?
– Alisher Navoiy Mirak naqqoshning yalqov va beparvoligiga 
qarshi qanday chora qo‘lladi?
– Alisher Navoiyning qanday fazilatlarini bilib oldingiz?


204
Javoblar umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Navoiy bobomlar”. (T. Adashboyev).
O‘qituvchi “Navoiy bobomlar” she’rini ifodali o‘qib beradi. 
Videolavha namoyish etiladi.
– Bolajonlar, men hozir she’rni o‘qiyman, siz esa diqqat bilan 
eshiting va tushunarsiz so‘zlarni qalam bilan belgilab qo‘ying. 
She’rni o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tushunarsiz so‘zlarga izoh be-
radi.
Lug‘at ishi:
to‘zon – Havoga ko‘tarilgan mayda narsalar aralash chang
mag‘rib-u mashriq kunbotar-kun chiqish tomon
shamshod – qaddi-qomati tik va kelishgan.
She’rning mazmuni tahlil qilinadi.
– A. Navoiy qayerda tavallud topgan?
– Qaysi asar ko‘ngilni yoritgan?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. She’rni o‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajari-
ladi.
Test topshiriqlari:
1.G‘azal mulkining sultoni.
 A) A.Navoiy B) Bobur D) Amir Temur E) Nodirabegim
2. A.Navoiy qayerda tavallud topgan?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling