Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 3: tevarak-atrofga insoniylikka xos munosabatda bo‘lish. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   264
TK 3: tevarak-atrofga insoniylikka xos munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: 
savol-javob, “Mevalar”, “Qofiyadoshini top” 
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar yozgan bolalar hayotidan lavhalari o‘qittiriladi. Avvalgi 
bo‘lim yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Rustam qaysi hikoya qahramoni edi?
– “Bolalar gurungi” ertagining muallifi kim?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘li nadilar. 
Har bir kichik guruhlarga yoz fasli tasvirlangan rasmli konvert-
lar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida 
yig‘a dilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Yoz” she’ri bilan 
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yoz fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari haqida 
suhbatlashib, fikrlari tinglanadi. 
– Yoz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Yozda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydilar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Yoz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan 
“Yoz” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Yoz” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni 
tushun tiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling