224
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Bolalar yoz faslini nima uchun sevadi?
–
Yozda qanday mevalar pishadi? Kuzda-chi?
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib,
umumlashtiriladi,
tarbiyaviy
xulosa chiqariladi.
“Mevalar” o‘yini. Ekranda turli xil
yozda pishadigan mevalar
suratlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ularning
ingliz tilidagi tarji-
masi bilan tutashtirib chiqadilar.
“
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Yoz” she’ridagi
qofiya dosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z
topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
“Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar yoz faslida bo‘ladigan
tabiat
hodisalarini ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom eta-
di.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Yoz ne’matlarini bizga kimlar yetishtirib beradi?
1.
Yoz faslida quyoshda ko‘p yurishning qanday zarari bor?
2.
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Bahor” she’rini yodlash.
161-d a r s
Mavzu: “Non qayerdan keladi?” (
Qambar O‘tayev)
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Non qayerdan keladi?” she’rini
ifodali
o‘qishni o‘rgatish. Novvoy kasbi haqida ma’lumot berish.
FK 1: she’rdagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga nonni e’zozlash,
uvol qilmaslik,
uning
inson rizq-ro‘zi ekanligini tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: