Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   264
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
2. Nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
3. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
4. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Boychechak” she’rini yod olish. 
36-d a r s 
Mavzu: “Oftob chiqdi olamga” (Xalq qo‘shig‘i)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodi turlari, xalq qo‘shiqlari 
haqida ma’lumot berish, “Oftob chiqdi olamga” she’ri bilan tanishtirish. 
O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli 
munosabat bildirish.
FK 1o‘qilgan qo‘shiqning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar 
hamda madaniyatimizga nisbatan hurmat tuyg‘ularini tarbiyalash. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: 
savol-javob, “So‘z o‘yini”, “Qofiyadoshini top” 
o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Boychechak” she’ri o‘qitiladi, 3–4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘-
ra ladi. She’r yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Boychechak guli qaysi faslda gullaydi?
– “Boychechak” qo‘shig‘i qachon kuylangan?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.


59

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling