61
Test topshiriqlari:
“Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qachon kuylangan?
1.
A) bahorda
B) hosil yig‘imi
vaqtida
D) hosil yig‘ilganidan so‘ng
E) kuzda
2. She’rda qaysi jonivor ishtirok etgan?
A) ot B) eshak
D) tuya
E) xo‘kiz
3. Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi?
A) “Chu, e, jonivorim hayda”
B) “Qalqon qulog‘im”, “Temir tuyog‘im”
D) “Somoni senga foyda” E) “Xirmonni qilgin mayda”
4. She’rda dehqonlar ot yordamida bug‘doyni nima qilganlar?
A) bug‘doyni un qilganlar B) bug‘doyni
xirmon qilganlar
D) bug‘doyni yanchganlar
E) donni
somonidan ajratganlar
5. “Xo‘p hayda” so‘zining ma’nodoshini aniqlang.
A) tez hayda B) zo‘r hayda
D) yaxshi hayda E) yomon hayda
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi
savol-javob
o‘tkaziladi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Xo‘p hayda” she’rini yodlash.
39-d a r s
Mavzu: “Ilm afzal”
(Ertak). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ilm afzal”
ertagining mazmuni bilan
tanish tirish, odamning davlati ilmda ekanligi haqida ma’lumot berish,
matn ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘stirish.
FK 1:
asar mazmunini to‘liq fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, ilm-hunar boylik
ekanligi va uni qadrlash lozimligini tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: