62
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilardan “Xo‘p hayda” qo‘shig‘i
ifodali qilib yoddan
so‘raladi. Mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
“Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qaysi bo‘limga taalluqli?
1.
“Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qaysi paytda yozilgan?
2.
Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi?
3.
“Yosh shoir” mashqi. Buning uchun sinf o‘quvchilari uch
guruhga ajratiladi. Har bir guruh “Boychechak”, “Oftob chiq-
di olamga”, “Xo‘p hayda” qo‘shiqlari
asosida berilgan kalit
so‘zlardan foydalanib, to‘rtlik to‘qishga harakat qilishlari aytiladi. Har
bir guruhning javob berishiga qarab g‘olib aniqlanadi.
Vatan haqida: onam, tuprog‘im, zarim, asrayman.
1.
Lola haqida:
qip-qizil lola,
chiroyli, xola, onamga.
2.
Ilm haqida: oftobda, sovuqda, rangi, o‘chadi, qotadi.
3.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilar “Ilm afzal” ertagining 1-qismi bilan tanishtiriladi. Er-
tak janri haqida so‘raladi. Ertakni bir o‘quvchi ifodali qilib o‘qib beradi.
O‘qituvchi matn mazmunini tushuntirib beradi. Matnni o‘quvchilarga
navbatma-navbat o‘qitiladi.
Ertakdagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: