–
Tulki qanday qilib bo‘ridan qutulib qoldi?
–
Tulkining dumi qanday qilib uzilib ketdi?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
–
Bolajonlar, siz yaxshilik haqida qanday ertaklar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
–
Bugun biz sizlar bilan “Ochko‘z boy” ertagi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yaxshilik, yomonlik haqida suhbatlashiladi, ular-
ning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Ochko‘z boy” ertagi matni asosida multfilm namoyish eti-
ladi. O‘qituvchi matnni o‘qiydi.
Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
savob – yaxshi ish
qashshoq – kambag‘al
do‘kondor – do‘konning egasi, sotuvchi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“O‘chko‘z boy” ertagi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi. Ertak
maz muni qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Ochko‘z boyning qilmishini qanday baholaysiz?
–
Ochko‘z boy bilan xotini nima uchun jazolandi?
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“T-chizma” metodi. O‘quvchilar ertak qahramonlariga xos
bo‘lgan xislatlarni “T-chizma”ga joylashtiradilar. (Dehqon, boy)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi?
1.
Siz o‘zgalarga qanday yaxshilik qilgansiz?
2.
Ertak mazmuniga mos maqollar bilasizmi?
3.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ochko‘z boy” ertagini o‘qish.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |