Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264
“Tanlab o‘qish” mashqi.
– Tulkining ko‘zachaga iltijosi tasvirlangan parchani o‘qing.
– Tulki bilan bo‘rining suhbati tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Laqma it kimlardan boshpana so‘radi?
– Siz ham dangasalik qilganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 2-qis-
mini o‘qish.
44-d a r s
Mavzu: “Ochko‘z boy” (Ertak). 
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomon-
lik qaytishi haqida ma’lumot berish, ularda to‘g‘ri va ifodali o‘qish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
FK 1: mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insoniylik fazilatlarni singdirish, ularda 
mehribonlik, saxiylik, sabr-qanoat kabi xislatlarni tarbiyalash.
TK 5: yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, qayta hikoya qilish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.


70
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “T-chizma”.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni 
o‘quv chiga qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling