Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   264
Darsning borishi:


90
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Laqma it” ertagi o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘ra-
ladi. Ertak yuzasidan savol va topshiriq beriladi.
– “Laqma it” ertagida qanday illatlar haqida so‘z boradi?
– Ertakdagi sizga yoqqan qahramon haqida so‘zlab bering.
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar laqmalik qanday odat? U qanday oqibatlarga olib keladi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Laqma it” ertagining 2-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilar bilan dangasalik, uning oqibatlari haqida suhbatlashib, 
fikrlari tinglanadi. 
– Nima uchun itni laqma deb atashadi?
– Dangasalar nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. 
“Laqma it” ertagining 2-qismi asosida lavha namoyish qili nadi. 
Kadr ortidan ertak matni o‘qiladi.
O‘qituvchi ertak mazmunini tushuntiradi. Notanish so‘zlar ustida 
lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
sanqiydi – tentirab yuradi boshpana turar joy
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Laqma it” ertagining 2-qismi o‘quvchilarga o‘qittiriladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
It yozni qanday o‘tkazdi?
– 
Itning qilmishini qanday baholash mumkin?
– 
Ertak nima uchun “Laqma it” deb nomlanganini izohlang.
– 

Ma’nodoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Laqma it” ertagining 
2-qismidagi so‘zlarga ma’nodosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p 
ma’nodosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling