“Kimning ovozi?” o‘yini. Ekranda ketma-ket ertak qahra-
monlarining ovozlari ertakdagi qismlari bilan eshittiriladi. Har
bir ovoz eshittirilgandan keyin turli xil variantlar namoyish etiladi.
O‘quvchilar ovoz egasi namoyish qilingan rasmni belgilaydilar.
“
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Laqma it” ertagidagi
qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z
topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Laqma it kimlardan boshpana so‘radi?
2. Siz ham dangasalik qilganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Laqma it” ertagining 1-qismini o‘qish.
60-d a r s
Mavzu: “Laqma it” (Shukur Sa’dulla). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga mehnatsevarlik fazilati, dangasalik oqibat-
lari haqida ma’lumot berish, “Laqma it” ertagining II qismi bilan ta-
nish tirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakl-
lantirish.
FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, birovning mehnatini
qadrlashga o‘rgatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 4: asarda bo‘layotgan hodisa jarayonlariga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Ma’nodosh so‘zlar” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |