231
Test topshiriqlari:
1. Daraxt shoxlari orasida shapaloqdek-hapaloqdek nimalar tushdi?
A)
barglar B
)
gullar
D) yog‘dular E)
mevalar
2. Ular nimaning tuyoq tovushini eshitdi?
A) otning
B) to‘ng‘izning D) qo‘yning E)
tuyaning
3. To‘ng‘iz
nimaning danaklarini chaqib, mag‘zini yeb kelardi?
A) bodomning B) yong‘oqning
D) o‘rikning E) pistaning
4. Kim to‘ng‘izdan qo‘rqayotganini bildirmadi?
A) Ozod B) Nosir D) Shokir E) Anvar
5. Ozod kimni uyg‘otdi?
A) tarbiyachisini B) onasini D ) bobosini
E) Nosirni
“Rezyume” texnologiyasi. O‘quvchilar Ozod va Nosirning xis-
latlarini ijobiy va salbiy tomonlarini topib muhokama etadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Ikki do‘st kechasi nimalarni ko‘rdi?
2. Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Oydin kecha” hikoyasini o‘qish.
165-d a r s
Mavzu: “Bobomning sovg‘asi” (
G‘ayratiy).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: “Bobomning sovg‘asi” hikoyasining
mazmuni bilan ta-
nisht irish, bog‘lanish nutqi va matn ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘s-
tirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni qushlarga g‘amxo‘r bo‘lish,
tabiatni
sevish ga o‘rgatish, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at
ustida ishlash, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: