232
“Oydin kecha” matnidagi so‘zlarning o‘rnini almashtirib beriladi.
O‘quvchilar shu so‘zlardan gaplar tuzib , matndan topib o‘qiydi.
ko‘z , bolalarning ,o‘ngida, bilinar-bilinmas, osmon, kelardi, yorishib;
Uning, oy, goho, xanjardek, yog‘dusida, tishlari, ko‘rinadi, yiltirab;
bildirmasdi, hech, Ozod, seskanayotganini, o‘zi;
sezmadi, allamahalgacha, elitganini, o‘y-xayollar bilan, uyqu, qachon;
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Bobomning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishamiz. (Mual-
lif haqida ma’lumot beriladi.) Matnni o‘qituvchi o‘qiydi
va hikoya
mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani navbat bilan o‘qiydi, qol-
gan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at
ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
laxcha– qizarib , yallig‘lanib , lovullab turgan cho‘g‘, o‘t
so‘lim – yoqimli va go‘zal
ishqiboz – mehr-havas qo‘ygan, havasmand
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Bobomning sovg‘asi” hiko ya -
sini “Zanjir” usulida o‘qiydi va qayta hikoya qiladi.
1. Obid bilan Murod qayerga bordi?
2. Bolalar bobosining bog‘ida qanday mevalar yeyishdi?
3. Bobo nabirasiga nimani sovg‘a qildi?
Do'stlaringiz bilan baham: