Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun sizlar bilan “Chumchuq bilan chumoli” ertagi bilan tani-
shamiz.
Aziz Abdurazzoq haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ertak mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr or-
tidan matn o‘qiladi. Matni mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar 
ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradi-
lar.
Lug‘at ishi:
chayir – baquvvat
olg‘ir – chaqqon, epchil
quyuq – ko‘p, sershox
chaqirim – uzoqlik


141
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar:
– Chumchuq qanday qush?
– Chumchuq nimalarga zarar yetkazadi?
– Chumoli hasharotmi yoki jonivormi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Chumchuq bilan chumoli” ertagini o‘quv-
chilar qismlarga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
“Asar janri va muallifini aniqla” mashqi. O‘quvchilar be-
rilgan turli asar nomlarini, janr va mualliflar to‘g‘ri joylashti-
rishlari lozim bo‘ladi. Darslikdagi savollar ustida ishlanadi. Er-
takdagi qahramonlar tahlil qilinadi. 
“Maqollar chashmasi” o‘yini. Mehnatsevarlik, kamtarlik ha-
qida maqollar aytishadi. Masalan: “Kamtarga kamol, manman-
ga zavol”. 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Chumchuqning iltimosiga chumoli qanday javob berdi?
2. Sizga chumoli hayotda qanday bo‘lishingizni o‘rgatdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Chumchuq bilan chumoli” ertagini 
o‘qish. 
95-d a r s
Mavzu: “Yolg‘onchining izza bo‘lishi”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni rivoyat mazmuni bilan tanishtirish, asar 
qahramonlarining xatti-harakatini baholash hamda ularga shaxsiy mu-
nosabat bildirishni, bahs-munozara qilishni o‘rgatish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling