Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Lug‘at ishi:
xarjlash sarf qilish ont ichmoq – qasam ichmoq, va’da bermoq
dalil – isbotlash uchun qo‘llaniladi marhamat – rahm, shafqat 
razm solmoq 
– 
biror narsaga tikilib, e’tibor bilan qaramoq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Hiylagarning jazosi” matni 
qismlarga bo‘lib o‘qitiladi. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. 
1-guruh – hiylagar va soddadilning uchrashuvi haqida;
2-guruh – soddadilning “gunohi” haqida;
3-guruh – qozining hiylagar makrini bilishi va fosh qilishi haqida 
topib o‘qiydilar. Shu o‘qiganlari asosida uchtadan savol tuzadilar va 
boshqa guruhlarga beradilar. Guruhlar berilgan savolga javob bera ol-
masa, savol bergan guruh rag‘batlantiriladi.
“Kim zukko” o‘yini. O‘qituvchi har bir guruhga savollar be-
radi. O‘quvchilar topshiriqni guruhda muhokama qilib, javob 
beradi. 
– O‘ylang, nima uchun ertak “Hiylagarning jazosi” deb nomlanadi?
– Nima uchun? Asarda kimlar va nimalar haqida hikoya qilingan?
– Nimaga ikki o‘rtoq tillalarni taqsimlab olishmadi?
– Ertasi kuni hiylagar nima qildi?
– Hiylagar nima uchun soddadilni qoziga olib bordi?
– Nima uchun hiylagar daraxtni guvoh qilib ko‘rsatdi? Nima 
qilmoq chi edi?
– Qozi qanday qilib hiylagarning qilmishini bilib qoldi?
– “Xiyonatga marhamat yo‘q” deganda nimani tushunasiz? 
Test topshirig‘i:
1. Ikki o‘rtoq nima uchun yo‘lga chiqdi?
A) sayohatga
B) savdogarchilikka
D) uchrashuvga
E) dam olishga
2. Ular yo‘lda nima topib oldilar?
A) tilla B) kumush D) tanga E) boylik
3. Tillani qayerga yashirdilar?
A) daraxt ichiga B) daraxt ostiga D) daraxt ustiga E) daraxt orqa si ga
4. Hiylagar qanday yo‘l tutdi?
A) tillani uyiga olib keldi
B) tillani taqsimladi
D) tillani qoziga berdi

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling