Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 2o‘rganilgan ertakning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli muammoli 
ta’lim metodi, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 1-qismi mazmunini o‘quvchilar 
so‘zlab beradilar. “Topib o‘qi”, tarqatma materiallar bilan ishlanadi. 
O‘quvchilar berilgan so‘zlar ishtirok etgan gapni matndan topib o‘qiydilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilarni yangi ertak o‘qishga tayyorlash.
Bolajonlar, siz bo‘sh vaqtingizda qanday kitoblarni o‘qiysiz?
– Qanday ertaklarni o‘qigansiz?
– Nima uchun ertaklarni ko‘proq o‘qiysiz?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, ertaklarning mazmun jihatidan xil-
ma-xilligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi.
“Ko‘zacha bilan tulki” ertagining 2-qismi mazmuni asosida 
animatsiya namoyish qilinadi. Kadr ortidan ertakning 2-qismi 
o‘qiladi.


69
Lug‘at ishi:
dovyurak – mard, qo‘rqmas xam – egib
noliy – dod-voy cho‘ltoq – kalta
Ertak yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
– Ertakning 2-qismi nima haqida ekan?
– Tulkining dumi nima uchun uzilib ketdi?
– Tulki qanday qilib bo‘ridan qutulib qoldi?
Ertak o‘quvchilarga o‘qitiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Kichik guruhlarda ishlash”. 
Sinf bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga top-
shiriq beriladi.
– Ertakni qismlarga bo‘lib, reja tuzing.
– Ertakni sahnalashtiring.
Guruhlar taqdimoti tinglanadi. Qiziqarli topshiriqlar bajariladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling