94
Bir-biridan chopog‘on.
(
Oyoq)
3.Yer tagida qubba igna.
(
Tipratikan)
4. Atlas ko‘ylak qanoti,
Xush xabarchi odati.
(
Zag‘izg‘on)
5. Emaklagan toshni ko‘rdim,
Toshdan chiqqan boshni ko‘rdim. (
Toshbaqa)
6. Pishirsa osh bo‘lur,
Pishirmasa qush bo‘lur.
(
Tuxum)
7. Ismi bor,
Jismi yo‘q.
(
Shamol)
8. G‘uv-g‘uv etar,
Qorni to‘ysa yumalab ketar.
(
Urchuq)
9. O‘zi qizil, go‘zal biram, Qirga yozar qizil gilam. (
Lola)
10. Og‘zi yo‘g‘-u,
tishi bor, Duradgorda ishi bor.
(
Arra)
11. Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shirin donasi.
(
Anjir)
– Bugun biz sizlar bilan “Topishmoq” janri bilan tanishamiz.
(Topishmoqlar haqida o‘qituvchi tomonidan qisqacha ma’lumot be-
riladi.)
– Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli,
harakati, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo‘ladi. Topish-
moqlar qadimda “jumboq”, “top-top” deb yuritilgan. Har bir topishmoq
uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o‘ziga xos rasm-rusmlari bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Ekranda video
orqali topishmoqlar aytiladi, javoblari topiladi.
O‘quvchilar darslikdagi topishmoqlarni o‘qiydilar va javobini
topadilar. Topishmoqlarda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan
lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: