Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Mavzu: “Alisherning yoshligi” (Oybek). 1-qism. Darsning maqsadi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Mavzu: “Alisherning yoshligi” (Oybek). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Alisherning yoshligi” qissasining mazmuni 
bilan tanishtirish, to‘g‘riso‘zlik va halollik haqida ma’lumot berish, Ali-
sherning xususiyatlarini o‘zaro qiyosiy tahlil qilish, mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish.
FK 1asardagi videotasvirni tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ziyraklik, topqirlik, qobiliyatlarini tarbi-
yalash, do‘stlik, ilm o‘rganish va donishmandlikning ahamiyatini qadr-
lashga o‘rgatish.
TK 4: asarda aks etgan qahramonning jonkuyarligiga qarab xolis 
mulohaza yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lu-
g‘at ustida ishlash, matndagi so‘zlarning ma’nosini izohlay olish ma-
lakasini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli, “Venn dia-
grammasi”, “Qutichaga joyla” o‘yini.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.


111
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Pahlavon va shoir” rivoyatini “Zanjir” usulida o‘qiy-
dilar. 
O‘quvchilar rivoyat mazmunini bitta xatboshidan so‘zlab beradilar. 
O‘tilgan mavzu “Venn diagrammasi” asosida mustahkamlanadi.
“Venn diagrammasi” metodi. O‘quvchilar Pahlavon Mah mud 
va yosh bahodirning shaxsiy xususiyatlari va o‘xshash tomon-
larini “Venn diagrammasi”ga yozishlari lozim bo‘ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling