Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish. Tarbiyaviy


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda bahor faslini qadrlash va tabiatni sevish 
hissini tarbiyalash.
TK 3: rivoyatda tasvirlangan go‘zallikdan ta’sirlanish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atni nasim, turdosh, chin, 
sabo, havo so‘zlari bilan boyitish, iboralarning ma’nosini izohlash
o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish.
FK 2: bahor tabiatiga kichik ijodiy matn yozish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Zanjir” usuli, “Matndan top” o‘yini.


170
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilova lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Bahor” she’rini yoddan aytib beradi. 
Savol-topshiriqlar:
Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini aytasiz
javobini topasiz. Ilon izli yorug‘ nur bulutlarni quchadi.
Jarangdor ovozida yer-u osmon ko‘chadi. (Chaqmoq)
– Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?
– B
u so‘zlar qaysi fasl ta’rifida aytiladi?
– Bahor faslini qanday so‘zlar bilan ta’riflash mumkin?
– Demak, biz bahor faslini ta’riflashda qaysi usuldan foy dalandik?
– Bahor fasli haqida kim kichik matn tuzib, gapirib beradi?
Bahor fasli haqida, she’r yod olganmisiz?
– Gullar haqida-chi?
– Maqollar-chi?
– Shuning uchun qadimdan shoir-yozuvchilarimiz bahorni madh 
etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozishgan. 
– Shunday yozuvchilardan biri Yusuf Xos Hojibdir. 
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz “Bahor ta’rifida” rivoyati bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Bahor ta’rifida” rivoyatini o‘qib beradi. Rivoyat 
mazmuni tushuntiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling