Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Yusuf Xos Hojibning “Bahor ta’rifida” rivoyatini nav-
bat bilan o‘qib, mazmunini so‘zlab beradilar. 
“Zukkolar bahsi” mashqi. O‘quvchilar matndan olingan 
so‘zlarga ularni ifodalash uchun zarur bo‘lgan o‘xshatish va 
iboralarni topishlari kerak bo‘ladi.
So‘zlar
Ibora va o‘xshatishlar
Bahor
Firdavs yo‘lini ochdi
Olam
O‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi
Qishni 
Bahor nafasi haydadi
Daraxtlar 
Yashil to‘n kiydi
Oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Jala darakchisi”. (Habib Rahmat).
O‘qituvchi she’rning muallifi haqida qisqacha ma’lumot beradi.
O‘qituvchi “Jala darakchisi” she’rini ifodali o‘qib beradi. 
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi?
– U nimadan darak beradi?
– Shoir momaqaldiroqni nimaga o‘xshatadi?
– Yana qanday tabiat hodisalarini bilasiz? 
She’r mazmuniga oid videolavha namoyish etiladi.
“Topgan topaloq” o‘yini. O‘quvchilar ikki guruhga 
bo‘linib, bir-birlariga tabiat hodisalari haqida topishmoqlar 
ay ta dilar. 
 Suvda yotar – suv ichmas
Yurganini odam bilmas.
(Quyosh) 


173
 Kecha tomda bir patir ko‘rdim,
Erta qarasam – yo‘q. (Oy) 
 Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi.  (Yulduz) 
 Qilich urdim, 
O‘rni yo‘q. (Suv) 
 Gilam ustida oq bodroq.
(Do‘l) 
 Qo‘lim bilan ushlay olmayman,
 Cho‘ntagimga sola olmayman. 
(Tuman)
 Oppoq qushim qaqillar,
Qanotlari shaqillar. 
(Sharshara) 
 Suvga tushsa, suv bo‘lmaydi, 
Loyga tushsa, loy bo‘lmaydi. 
(Soya)

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling