Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 4: rivoyatda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 4: rivoyatda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash 
ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z fikrini qisqa va dalillar asosida erkin 
bayon etishga o‘rgatish.
FK 2rivoyat mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Ha-yo‘q”, “Teatr” rolli o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
II. 
Uyga berilgan vazifa – Hakim Nazirning “To‘mars” matnini
so‘zlab berish.
“Rolli o‘yini”. Rivoyat sahna ko‘rinishida ijro etiladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Najmiddin Kubro” rivoyati bilan tanishamiz.
O‘qutuvchi rivoyatni ifodali o‘qib beradi va mazmuni tushuntiri-
ladi. O‘quvchilardan biri rivoyatni ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar 
kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
Shayx– din ilmining donosi shahid – halok bo‘lgan
Mo‘g‘il bosqinchilari – mo‘g‘il millatiga mansub dushmanlar 
(bosqin chilar)
g‘alabaiy munavvar – g‘alaba qozona olmaslik, mag‘lubiyat.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Najmiddin Kubro” rivoyatini o‘quvchilar 
“Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar. Savol-javob o‘tkaziladi.
1. Bosqinchilar Xorazmga nima maqsadda yurish qildilar?
2. Dushman shayx Najmiddin Kubroga qanday maktublar yo‘l lay di?
3. Najmiddin Kubro “Mening yaqinlarim ming kishidan ham ko‘p 
erur” deb kimlarni nazarda tutganlar?
4. Dushman nima uchun yengildi?


198
Ha-yo‘q” o‘yini. 
“Vatan” tushunchasi “Ona” so‘ziga tenglashtiriladimi? (Ha).
O‘zbekiston mustaqil davlatmi? (Ha).
3. Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon 
Mahmud kabi vatanparvarlar bizga o‘rnakmi? (Ha).
4. Najmiddin Kubro xorazmlik emas? (Yo‘q).

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling