Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Baliq ovi” o‘yini. 
1. Bola bilan Murod qanday yo‘ldan jo‘nadi?
2. Ular ertalabki shirchoyni kim bilan ichishdi?
3. Ular nima bilan o‘ynashdi?
4. Bobosi ularga nima haqida aytib berdi?
5. Rustam aka ularga chiroyli nimani ko‘rsatdi?
O‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat 
ha qida berilgan moddalarni o‘quvchilardan so‘raydi va to‘ldiradi. 
50-mod dasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosa-
batda bo‘lishga majburdirlar” deyilgan. 
55-moddasida: “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik hayvonot 
dun yosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlar muhofazasidadir.” – deyil-
gan.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz “Nihollarning nolasi” hikoyasi bilan tani shamiz.
“Nihollarning nolasi” hikoyasi mazmuniga mos lavha namoyish
etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi. 
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hiko ya ni 
ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
ma’noli qarab qolishdi – biror narsaga ishora qilib qarash 
shabnam – kechasi haroratning pasayishi tufayli tushadigan mayda 
tomchilar
soz bo‘lardi – yaxshi bo‘lardi
ko‘z tashladi – qaradi , nazar soldi


234
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Nihollarning nolasi” hikoyasini o‘quvchilar
“Ichda o‘qish” usulida o‘qib, qayta hikoya qilib beradi. Savol-javob 
o‘tkaziladi.
1. Shaharda nima bo‘lib o‘tganidi? 
2. Ko‘chalar chekasiga, ariqlar bo‘yiga qancha mevali va manzarali 
ko‘chatlar ekdi?
3. Ertalab nimalar birdan uyg‘onib yengil-yengil chayqalashib
so‘ngra tunlar qanday o‘tganligini ayta boshladi? 
4. Nihollar nima uchun nola chekishdi?
5. “Nola chekish” iborasini qanday tushunasiz?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling