Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


V. Darsga yakun yasash va baholash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Matn nima haqida ekan?
2. Matnning asosiy g‘oyasi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Darsdagi qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
4. O‘qigan matningizdan qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Salomlashish odobi” matnini o‘qish.
24-d a r s
Mavzu: “Odamdan nima qoladi?” (Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ezgulik va yomonlik haqida ma’lumot 
berish, “Odamdan nima qoladi?” matni bilan tanishtirish. O‘quvchilarda 
to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 3: mavzuga oid kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 1: matnni tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ezgu fazilatlarga ega bo‘lish, o‘zgalarga 
yaxshilik qilishga intilish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish, vaqtdan unum-
li foydalanish hislarini tarbiyalash.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini, mustaqil va 
ijodiy qobiliyatlarini, savollarga matndan javob topish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Kim topag‘on” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Salomlashish odobi” matni o‘qitiladi, mazmuni zanjir usulida qay-
ta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling