Boyqarayeva navruza allaberdi qizi


IV. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR……………..……………………


Download 54.03 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi54.03 Kb.
#1624999
1   2   3   4   5
Bog'liq
asosnoma

IV. UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR……………..……………………
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………….………………….
V. ILOVALAR……………………………………………….……………………

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning negizida barkamol insonni tarbiyalash, uni voyaga yetkazish, sog’lom tafakkurni tarkib toptirish, irodasi kuchli , mustaqil fikr yurituvchi yetuk shaxs qilib kamol toptirishni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”da jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydidan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilangan1. O’quvchi-yoshlarimizning ongini ma’naviy jihatdan boyitish, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini o`stirish oila, mahalla, uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakllantirishdan iboratdir.
Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasida Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi”2 degan g’oyalari asosida keng ko’lamli islohotlarni ishlar amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o’tdilar. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib, xizmat qilishi lozim. Shuningdek, o’quvchi-yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs qilib yetishtirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasida: “Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi”3 deb alohida ta’kidlangan. Shu sababli biz sog’lom tafakkurni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlarida o’quvchi-yoshlarning faolligini oshirishimiz lozim.
Ayni damda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi kun, bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash o’quvchi-yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga, ularning dunyoqarashini o’stirish, sog’lom tafakkurni shakllantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqozo etmoqda.
Demak, insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning fikrlashi va tafakkuri ham rivojlanib boradi, desak yanglishmagan bo’lamiz. Zero, tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo’lib, narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishidir. Tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz va shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va tafakkur muhim rol o’ynaydi.
Hozigi kunda ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy – axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib ijtimoiy hayotga keng ko’lamda tadbiq etilib kelinmoqda.
Shunday qilib, mazkur tadqoqot ishining dolzarbligi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda tafakkurni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tog’risidagi tasavvurlarni kengaytirish imkoniyati bilan bog’liq bo’lib, bu esa bir qator pedagogik muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi.
Tadqiqot ishi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda tafakkurni shakllantirish modelini ishlab chiqish oila va ta’lim muassasasi hamkorligi asosida yaratiladi. Oila va ta’lim muassasasi hamkorligi asosida o’quvchi-yoshlarda sog’lom tafakkurni shakllantirish va uning modelinini ishlab chiqishni pedagogik jihatdan o’rganish oila va ta’lim muassasasi hamkorligining shakllari va nazariy asoslari, o’quvchi-yoshlarda sog’lom tafakkurni shakllantirishda oila va ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan ishlar va hamkorlik usullari to'g’risidagi mavjud tasavvurlarni kengaytiradi. Muammoning dolzarbligi mamlakatimizda kamol topayotgan yoshlarning intellectual qobilayatlarini shakllantirish, keng mushohadali dunyoqarashga ega insonlar qiyofasini kamol toptirish, ma’naviy olamini yanada yuksaltirish va ularda fazilatli kompetensiyalarni shakllantirishni inobatga olgan holda “Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar” tadqiqot mavzusi dolzarligi sifatida belgilandi.

Download 54.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling