Bo‘z tuproqlar mintaqasi


-chizma. Lizimetrning tarkibiy qismlari


Download 1.04 Mb.
bet44/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

10.2-chizma. Lizimetrning tarkibiy qismlari:


Teskari suzgich har biri 10 sm.li 3 qatlamdan iborat: eng pastki qatlam 3-5 sm. kattalikdagi xillangan toshdan; o’rta qatlam 1-3 sm. kattalikdagi mayda shag„aldan; uning ustiga 0,3-1,0 sm. kattalikdagi xillanmagan shag„al yotqizilgan, u tuproq tagidagi qum qatlami bilan bevosita tutashadigan qismlardan tashkil topgan.

Lizimetrning ikki qarama-qarshi burchagiga ikkita quvur o„rnatiladi. Ularning bittasi ta’minlovchilik vazifasini o„taydi, ikkinchisidan kuzatuv uchun foydalaniladi.

Ta’minlovchi quvurning pastki qismi yon tomoni kesik bo’lib, u lizimetr baki tagiga taqab o„rnatiladi, kuzatuv quvuri tuproq tagidagi yirik qum qatlamiga taqalib turadi. Ikkala quvur ham tuproq yuzasidan 10 sm. yuqori ko„tarilgan holda bo’ladi. Ular qopqoqli bo’lib, qulflab qo„yiladi.

Lizemetrlar bevosita sug’oriladigan ekinlar-G’o’za, beda va boshqa ziroatlar e qilgan paykalda yoki maxsus maydonchada o„rnatiladi.

Lizimetrik maydonchada lizimetrlar ekinlar turi bo’yicha guruxlab joylashtiriladi.

Lizimetrlar o„rnatilguncha maydoncha tuprog’ining suv-fizik va agrokimyoviy xossalari batafsil o„rganiladi 3,5 m. chuqurlikkacha har sm. da tuproqning mexanik va mikroagregat tarkibi, hajm og„irligi, solishtirma og„irligi, dala nam sig‘imi, suv o’tkazuvchanligi namlik va suvda yerigan tuzlar tarkibi aniqlanadi. Gumus, azot, fosfor va kaliyning yangi va harakatchan shakllari tarkibi tahlil etiladi. Hajmi va solishtirma vazn haqidagi ma’lumotlar bo’yicha tuproq g„ovakligi hisoblanadi.

Lizimetrlar zaxob satxi eng past bo„lganda maxsus tuproq monolitini ko„taradiga uskunalar yordamida o„rnatiladi.

O„rnatilgan lizimetrlarning umumiy soni tadqiqotlar hajmi va vazifalariga bog„lik. Lizimetrlar bilan G’o’za, beda va makkajo’xori e qilgan, zaxob satxi doimo 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; va 3,5 metr chuqurlikda bo’lgan va Shu ziroatlar bilan ham zaxob sathi o„zgaruvchan, mexanik tarkibi bir xil va pastga qarab engillashib boradigan tuproq xilida tadqiqot va kuzatuvlar o„tkazilsa yaxshi samara byeradi.

Qatlamli va og’ir mexanik tarkibli sug’oriladigan tuproqlarda lizimetrlar bilan zaxob sathini 1,0; 1,5; 2,0; 2,5 m. chuqurlikkacha chegaralash mumkin.

Har bir variant takrorlanishi uchdan kam bo„lmasligi kerak. Lizimetrlar atrofidagi maydonchaga lizimetrda etishtirilayotgan ziroatlar ekilishi darkor.

Lizimetrlarda doimiy va o„zgaruvchan zaxob sathi ta’minlanadi. Zaxob sathining sozlanishi «AP-10-2» asbobi yordamida avtomatik yoxud qo„lda suv quyib yoki suvni tortib olib tashlab bajariladi.

Zaxob sathi nazorat quvuri bo’yicha xlapushka yordamida o„lchanadi. Sathi pasaysa, ta’minlovchi quvur orqali suv quyilib, zarur balandlikka ko„ratiladi, agar zaxob ko„ratilsa, maxsus chelakcha yoki shlang orqali so„rib olib, sozlanadi. Quyilgan yoki olib tashlangan hajmi aniq hisobga olinadi.

Zaxob sathini o„lchash, suv qo’yish va olib tashlash sutkada 2 marta - soat 7 va 19 da bajariladi. Zaxob sarfi ko„paygan palla (iyul, avgust oylari) da kuzatuvlar 3 marta - soat 7; 14; 19 da o„tkazilgani ma’qul.

Lizimetrlardagi zaxobning sho’rlanganlik darajasi va tipi ma’lum me’yorda ushlanadi. U tabiiy sharoitga yoki sun’iy sho„rlanishga mos kelishi kerak. Buning uchun suv maxsus quduq yoki zovurdan olinib, daryo suvi bilan aralashtiriladi va zarur sho’rlanish darajasiga yerishiladi.

Zarur sho’rlanish darajasidagi suv hosil qilish uchun zovur va daryo suvidagi tuzlar miqdori va sifati tahlil qilinadi. Masalan, quduq yoki zovur suvining sho„rlanishi 5 g/l, daryo suviniki esa 0,5 g/l. quruq qoldiq bo’yicha aniqlanadi. Agar lizimetrda 3 g/l sho„rlanishini ta’minlash zarur bo’lsa, hisob quyidagicha bajariladi:

0,5x+5(1-x)=3.

Bunda x-1 l. aralashmaga to’g’ri keladigan vodoprovod suvi, Shu nda



  1. 5x+5-5x=3x; 4,5x=2; x=2/4,5=044 ya’ni 3 g/l sho„rlanishli 1 litr suv olish uchun

-5

440 ml. daryo suvi va 560 sm zaxob suvi olish kerak. Har kuni sug’orish zarur darajada sho’rlangan suv bilan o’tkaziladi. Lizimetrdagi zaxob sho’rlanganligini zarur darajada ta’minlab turish uchun har 10 kunda ta’minlovchi quvurdan namuna olinib, unda quruq qoldiq, NSO3, Sl va SO4 anionlar miqdori tahlil etiladi.

Lizimetrda G’o’za, beda, makkajo’xori etishtiriladi. G’o’za 60x16x1 tizimda ekilib, bir lizimetrda 12, har gektarda 100 ming tup/ga ko„chat bo’ladi. Makkajo’xori 60x32x1 tizimda ekiladi. Bunda o„simlik soni lizimetrda 6 dona, 1 gektarda 50 ming tup/ga bo’ladi. O’g’itlar mavjud yo„riqnomalarda belgilangan muddat va me’yorlarda solinadi.

Tuproqlarni ekishga tayyorlash, ekish va o„simliklarni parvarishlash xuddi lizimetr o„rnatilgan xo„jalikdagi kabi amalga oshiraladi. G’o’za, beda, makkajo„xorining sug’orish muddatlari tuproq namligini «NIV-2» nam o„lchagichda yoki barglar shirasi konsentratsiyasini qo„l refraktometri yordamida aniqlab belgilanadi.

Ilgari o„tkazilgan lizimetrik tadqiqotlarning ko„rsatishicha, bir xil tuzilishli engil va o’rta qumoq yoki og’ir qumoq, pastga qarab engillashib boruvchi tuproqlardagi G’o’zani sug’orish zaxob sathiga qarab quyidagicha tabaqalashtiriladi: 1,0 va 1,5 metrlida 2-3 suv 0-20 va 1-20; 2,0 va 2,5 m. da 3-4 suv 1-2-0 va 1-3-0 tizimida; 3,0m. da 5 suv 1-4-0; m.da 6 suv 2-4-0 tizimda byeriladi.

Bir xil tuzilishli og’ir qumoq va soz tuproq yoki tarkibi turli qatlamli, tuzilishi tuproqli lizimetrdagi G’o’zaning sug’orilishi quyidagicha tabaqalashtiriladi: zaxob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda 4-5 suv 1-3-0 va 1-4-0 tizimlarda; 2,0 va 2,5 m da 6-7 suv 2-4-0 va 2-4-1 tizimlarda byeriladi. Sug’orishlar soni makkajo„xorida G’o’zaga nisbatan barcha zaxob chuqurliklarida bittaga, bedada esa 3 taga oshiriladi.

Lizimetrda parvarishlanayotgan ziroatlarni sug’orish me’yorlari tuproqdagi nam tanqisligini 30 % oshirib belgilanadi. Bunda sug’orishning yuvuvchi tartibi ta’minlanadi. Zaxob sathi 1,0 va 1,5 m bo„lganda sug’orish me’yori G’o’za uchun

л -5


700-800 m /ga, nihollik davridan gullagungacha va 900-1000 m /ga gullash - hosil

-5

tugish davrigacha; makkajo’xori uchun 700-800 m /ga ro„vak chiqarguncha va



-5

900-1000 m/ga kelgusi rivojlanish pallalaridan doni sut-mum pishish

-5

darajasigacha; birinchi yilgi bedada 700-800 m /ga birinchi o„rimgacha, 900-1000



-5

m /ga keyingi o„rimlarda byeriladi.

Davrlarga qarab sug’orish me’yorlari zaxob sathi 2,0; 2,5 m bo„lganda 15 % ga, 3,0 va 3,5 m bo„lganda 30 % ga oshiriladi (zaxob sathi 1,0 va 1,5 m.ga nisbatan). Sug’orishda daryo suvidan foydalaniladi.

Sug’orishdan va yog„ingarchilikdan so’ng zaxob sathi ko„tarilsa, suvi tortib olinib, o„lchab tashlanadi va sho’rlanganlik darajasi aniqlanadi.

Ziroatlar parvarishida lizimetrdagi o„simliklarda ham, uning atrofidagi o„simliklarda ham bir xil agrotexnika qo„llaniladi.

Amal davrida lizimetrdagi barcha o„simliklarda fenologik kuzatuvlar o’tkaziladi. Ziroatlarning hosili, o„simliklarning ho„l va quruq vazni o„lchanadi, paxta hosili, makkajo’xori doni va beda pichani hosili hisobga olinadi. Hosil sifati aniqlanadi.

Lizimetrlarda suv va tuz muvozantini belgilash uchun quyidagilar hisobga olinadi: yog„inlar miqdori, mavsumiy sug’orish me’yori, to„ qilgan va quyilgan suv miqdori, lizimetrdagi dastlabki va oxirgi tuproq namligi, tajriba qo„yilgan tuproqdagi tuzlar tarkibi, to„ qilgan va quyilgan suv, daryo suvining sho’rlanganligi, o„simlikning tuzlarni olib chiqishi. Buning uchun o„simliklarning quruq vazni va ulardagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi.

Tuzlar muvozanatiga ko„ra, har qaysi tajriba poyonida sho’r yuvish muddati va me’yori har lizimetr uchun belgilanadi. Har galgi sho’r yuvishda suv me’yori, daryo suvi va to„ qilgan zaxobdagi tuzlar tarkibi tahlil qilinadi.

Lizimetrdan va lizimetrik maydonchada suv yuzasidan bug„lanishga sarf bo„layotgan suv o„rtasidagi korrelyativ bog„liqlikni aniqlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: lizimetrik mayonchada 3 takrorlanishda kattaligi 0,x0,5x0,5 m. bo’lgan baklar yerga ko„milib, ularga suv quyiladi-da, yuzasidan bug’lanayotgan suv miqdori o„lchab boriladi. Baklardagi suvni ma’lum belgida tutish uchun sutkada ikki marta daryo suvi quyiladi. Baklar yuzasida hosil bo’ladigan va bug„lanishni sekinlashtiradigan biologik parda yuzaga kelishining oldini olish uchun mis kuporosining 200-300 mg/l li yeritmasidan foydalaniladi.

Lizimetrda olingan ma’lumotlar asosida, tadqiqotlar dasturiga ko„ra, o„n kunlik, oylik, uch oylik va yillik grafik, jadvallar va hisobotlar tuziladi.

Lizimetrlarda o„tkazilgan tadqiqotlar natijasida tuproq ayeratsiya qatlamining suv va tuzlar muvozanati bo’yicha sonli qiymatlargina emas, balki juda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan turli qimmatli ma’lumotlar to„planadi.

Ntijalarning nazariy tahlili va tadqiqot ma’lumotlarining umumlashtirilishi zamonaviy agrar fani rivojlanishi nuqtai nazaridan muhim muammolar-asosiy ziroatlarning suv iste’moli me’yorlarini nazariy va uslubiy jihatdan qayta ko„rib chiqish, kam suv sarflab, yuqori hosil olishni ta’minlaydigan mavsumiy va har bir sug’orish me’yorlarini belgilash imkonini byeradi.

Suv sarfi bo’yicha ma’lumotlardan sug’oriladigan hududlar tuprog’ining suv va tuz muvozanatini, bu muvozanat o„zgarishini bashorat qilishda foydalaniladi. Shu ningdek, respublikamiz viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish va Shu asosda ziroatlarning sug’orish tartiblarini ishlab chiqishda ham Shu dalillarga tayaniladi.

Nazorat savollari:



  1. Lizimetrik tajribalar yordamida yer osti suvlarining tuproqdan bug‘lanish va o ‘simliklardan transpiratsiyaga sarfini aniqlash nima?


  2. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling