Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
Yer osti suvlarining tuproqdan bug ‘lanishi qanday aniqlanadi?
o ‘simliklardan transpiratsiyaga sarfini qanday aniqlanadi? Tuproq ayeratsiya qatlamida tuzlar to‘planishiga ko‘ra sizot suv sarfi aniqlash. Tuproq ayeratsiya qatlamida tuzlar to‘planishiga ko‘ra sizot suvlar sarfini aniqlashni tashkil etish. Sizotning evopatranspiratsiga sarflanishini aniqlash bo’yicha keng tarqalgan va ko„pchilik qabul qilgan uslub lizimetrda olib boriladigan tajribalardir. Lizimetrik tadqiqotlar turli-tuman tabiiy sharoitlarni modellashtirish, ulardagi suv iste’moli miqdorini belgilovchi zaxob sathi va sho’rlanish darajasining ziroatlar hosildorligiga ta’sirini, tuproqning suv-tuzlanish tartibi va boshqa omillarni batafsil o„rganish imkonini byeradi. Ammo bu uslub katta sarfr- xarajat va maxsus uskunani talab etadi. Bundan tashqari ba’zi hollarda, ayniqsa, tuproq tuzilishi buzilgan lizimetrlarda olingan ma’lumotlarga ko„ra, zaxob sarfi bunday suvlarning tabiiy sharoitda sarfiga nisbatan biroz kamroq bo’ladi. Bunda lizimyertda zaxobning tabiiy bosimi yo„qligi ta’siri seziladi. G’o’za va makkajo’xori bilan band bo’lgan dalalarda suvning yalpi sarfini, Shu jumladan, bug„langan zaxob miqdorini tuproq ayeratsiya qatlamidagi tuzlar to„planishiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun sug’orish paykalidan 25-30 Л m li 6 maydoncha tanlab olinadi. Ular quyidagi tarzdagi maydonchalardir: 1.O„simliksiz yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfsiz). 2.O„simlik bilan yopiq va sug„orilmaydi (namlik sarfi faqat taraspiratsiyaga). 3.O„simlik bilan yopiq va sug„oriladi (sug’orishda namlik sarfi faqat transpiratsiyaga). 4.O„simliksiz ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi bug„lanishga yaydoq yuzadan). 5.O„simlik bilan ochiq, sug„orilmaydi (sug’orishsiz, namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). 6.O„simlik bilan ochiq, sug„oriladi (namlik sarfi evapotranspiratsiyaga). Maydonchalar zovurlar va sug’orish shaxobchalari ta’siri eng kam bo’lgan joydan tanlanadi. Birinchi maydonchada namlik yo„qotilishini va ikkinchi, uchunchi maydonchalarda namlik bug„lanishga sarflanishini bartaraf etish uchun yuza qism ikki qavat polietilin plyonka va 10 sm. tuproq bilan yopiladi. Maydonchalarni yon tomondan izloyasiya qilish maqsadida, ya’ni namlik va tuzlarning ichkari (oqib kelishi) yoki tashqi (oqib ketishi) tomonga harakatini bartaraf etish uchun har bir maydoncha atrofida zaxob sathigacha aylanma chuqur kavlanadi. Maydonchalar yon devorlari ikki qavatli polietilen plyonka bilan yaxshilab qoplanadi. Ayniqsa, plyonkaning ikkala qavati choklari, Shu ningdek, maydoncha burchaklari ham yaxshi bekitiladi. YOpiq maydonchalarda ekish davrida 70x70 sm tizimda plyonka chigit uchun 60x60 sm va makkajo’xori doni uchun teshiklar ochiladi. Nihollar olish uchun teshiklar paxta bilan vaqtincha bekitiladi. Tajriba maydonchalari atrofdagi ziroatlar sug„orilayotganda tasodifan suv kirib ketishining oldini olish uchun 30-40 sm.li marzalar bilan o„raladi. O„simlik va ularsiz, sug’oriladigan va sug„orilmaydigan, Shu ningdek, o„simlikli yopiq, sug’oriladigan maydonlarda barcha agrotexnik tadbirlar (sug’orish, oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish va begona o„tlarni chopiq qilish) bajariladi. Bu tadbirlarni o’tkazish muddati va ularning turi xuddi atrofdagi xo„jalikdagi kabi. YOpiq o„simlikli, sug’oriladigan va sug„orilmaydigan maydonchalarda o‘g‘itlarning yillik me’yori ekishgacha (kuzgi Shu dgordan oldin va turoqqa ekish oldi ishlovi byerishdan avvl) solinadi. O„simlikli yopiq maydonchada sug’orish uchun (3-maydoncha) qator orasida plyonka tilinib, egat qilinadi. Sug’orish tugagandan keyin tuproq yuzasi yaxshilab byerkitiladi Sug’orish muddatldari o„simlik bargi shirasining konsetratsiyasi bo’yicha qo„l refraktometri yordamida belgilanadi, me’yorlari tuproqdagi namlik taxchilligidan 30 % oshirib belgilanadi. Sug’orishda suv sarfi “CHippoletti” suv o„tkazgichi bilan amalga oshiriladi. Bahorda tajriba boshlashdan avval tuproq mexanik va mikroagregat tarkibi, namlik va solishtirma og„irlik, dala nam sig„imi namlik va tuz tarkibi har 0-10 va 0-20 sm.da zaxob sathigacha aniqlanadi. Gumus va azot, fosfor, kaliyning yalpi va harakatchan shakllari haydov (030 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlari bo’yicha belgilanadi. Hajm va solishtirma og„irlik ma’lumotlari asosida tuproq g„ovakligi hisoblanadi. Hajm og„irligi amal davri oxirda aniqlanadi. Hajm og„irligi qiymatlari asosida turoqning zichligi, tuzilishi tavsiflanadi. Hajm og„irligi qiymatlari Shu ningdek, namlik va tuz
tarkibini % dan m /ga va t/ga birliklarga o’tkazish uchun hm zarur. Namlik va tuz tarkibi barcha maydonchalar tuproqlarida amal davri boshida, G’o’za gullaganda yoki makkajo„xori, ro„vak chiqarganda, ko„sak ochilganda yoki makkajo’xori doni sut-mum pishishi va amal davri oxirida tahlil qilinadi. G„alladan keyin e qilgan dalalarda tegishli ko„rsatkichlar to„plashgacha, naychalashgacha, sut pishish va to’liq pishish davrilarida aniqlash muhimdir. Tuproq namunalari maydoncha markazida har 0-10 va 0-20 sm. dan zaxob yuzasigacha uch takrorlanishda olinadi. Burg„ulangan quduqdan zaxob namunasi olinadi. Amal davri boshi va oxirida olingan namunalarda quruq qoldiq, Sl1,NSO31 va SO411, boshqa muddatlarda olinganlarida eng quruq qoldiq va SI1 tahlil etiladi. Tajriba dasturiga ko„ra, namlik va tuz tarkibi amal davri boshida, keyin har oyda, Shu ningdek, har suv oldidan va undan keyin aniqlanadi. Ziroatli maydonchalarda o„sish va rivojlanish bo’yicha fenologik kuzatuvlar O„zPITI uslubi bo’yicha bajariladi. Ziroatlar hosildorligi (o’simliklar quruq vazni, paxta, g„alla-don hosili, makkajo’xori doni) hisoblanadi. O’simliklar orqali tuzlarning olib chiqib ketilishini hisoblash uchun quruq vaznli namunada quruq qoldiq, SI va SO4 tarkibi tahlil qilinadi. Tajriba maydonida zaxob sathini kuzatish uchun kuzatuv qudug„i o„rnatiladi. Zaxob sathi har o„n kunda tuproq namunalari namlik va tuzlar tarkibi tahlili uchun olingan kunda o„lchanadi. Ma’lumki, suvda yeriydigan tuzlar namlikning kapillyarlar orqali harakati jarayonida zaxob sathidan yuqori qavatga (ayeratsiya qatlami) olib chiqiladi. Ammo tuzlar tuproq qatlamida diffuziya jarayonida ham qayta taqsimlanadi. Tuzlar diffuziyasi jarayonini ^rganish uchun ^simliksiz yopiq maydoncha uslubi qo„llaniladi. Bunda tuproq namligi sarfi va namlikning yuqoriga qo„tarilishi ro„y byermaydi. Kapillyar oqim bilan ko„tarilgan tuz miqdorini aniqlash uchun 2-6 maydonchalarda ma’lum vaqtda to„plangan jami tuz miqdoridan ^simliksiz yopiq maydonchada diffuziya jarayonida Shu davrda to„plangan tuzlar miqdori ayiriladi. Hisob quyidagicha yuritiladi: umumiy tuzlarning (quruq qoldiq bo„yicha) birinchi maydondan boshqalarida to„plangan miqdori M harfi bilan, birinchi maydonda diffuziya yo„li bilan to„plangan tuzlar miqdori Md bilan belgilanganda, farqi Mk=M-Md (kapillyar oqim bilan ayeratsiya qatlamida to„plangan tuzlar miqdori). Endi tuzlar miqdori (Mk) va hisob davrida zaxobning o’rtacha sho’rlanganligi (m) aniqlangan holda zaxob sarfi (P) oson hisoblanadi. Shu nday qilib, П = Mk м3 / га.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling