Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 1.04 Mb.
|
Мел-да илм изла усл к- лотинча
a =
p x *100% z (1 - z ) px Zr - rejaviy foydali ish koeffitsenti. Zx - xakikiy foydali ish koeffitsenti. Nazorat savollari:
Sug‘orish tarmoqlarida suv sarfi qanday aniqlanadi? 111 Suv sarflarini hisoblash usullari qanday aniqlanadi? Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligini oldi qanday olinadi? Zax qochirish tarmoqlari. Zax qochirish tarmoqlari, yotiq yopiq, yotiq ochiq, tik va qurama zovurlarda suv sarflarini aniqlash, ularning maydon birligini hisoblash. Qishloq xo’jaligi yerlarini drenajlash-qishloq xo’jaligi melioratsiyasining muhandislik usuli; ekinlarning normal rivojlanishiga xalaqit beradigan ortiqcha tuproq-grunt suvlarini va euvda yeruvchan zaharli tuzlarni tuproq qatlamlaridan chiqarib tashlash uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari tizimi. Grunt suvlari to„planib qoladigan yoki uning oqib ketishi qiyin bo’lgan joylarda sho’rlanish va botqoqlanishga uchragan tuproklarda drenajlar barpo qilinadi. Bunday yerlarda drenajlarni qurish gurunt suvlarining oqib ketishini va tuproq qatlamining tadrijiy sho„rsizlanishini, yuza grunt suvlari sathini pasaytirishni ta’minlovchi meliorativ kompleksning asosi hisoblanadi. Sho’rlangan qurg„oqchil hududlarda gidrotexnik drenaj grunt suvlari sathini sho’r yuvishni o’tkazishga imkon beradigan chuqurlikkacha pasaytirish; drenajlanadigan tuproq-grunt qatlamidan sho’r yuvishda suvda yeriydigan zaharli tuzlarni chiqarib tashlash; chuchuklashtirilgan grunt suvlari sathini o„simlik ildizi tarqaladigan tuproq qatlamini sho„rlanishga olib kelmaydigan darajada saqlash kabilarni ta’minlaydi. Sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida gorizontal drenaj, vyertikal drenaj va kombinatsiyalangan drenaj tiplari qo„llaniladi. Drenajning turli tiplari hududning geologik, litologik va xo’jalik sharoitlariga qarab qo„llaniladi (3.3- rasm). (b) (d) (f) rasm. Drenaj turlari: a, b -ochiq-yotiq zovurlar; c, d-yopiq-yotiq zovurlar; i, f -tik quduqlar. (a) (c) (i) Ularning konkret sharoitdagi samaradorligi gruntlarning suv-fizik xossalari va drenajlanadigan ob’ektning gidrogeologik-meliorativ xususiyatlari(grunt suvlarining bosimi, ularning oziqlanish sharoitlari) bilan belgilanadi. Drenaj quvurlari gorizontal yopiq drenajning suv yig„ish va uni oqizib yuborish vazifalarini bajaruvchi qismi bo’lib, ular sopol, asbestsement, beton, temir-beton, plastmassa, g„ovak matyeriallar (plastobeton, kyeramzit shisha) va boshqalardan yasaladi. Sopol drenaj quvurlari keng tarqalgan, uning devori bir xil g„ovakli, zanglamaydi va uzoq muddatga chidaydi (tajriba uchastkalarida ular 40 yildan ortiq xizmat qiladi). Hozirgi sharoitlarda qishloq xo’jaligi yerlaridagi drenaj shoxobchalarini to„la mexanizatsiyalashga imkon beradigan va texnologik jarayonning uzluksizligini ta’minlaydigan egiluvchan gofrirlangan (qovurg„ali) plastmassa quvurlar keng qo„llanilmoqda. O„zbekistonda yerning meliorativ holatiga qarab diametri 100-300 (sopol), 160-410, 100-250 (plastmassa), 500 113 (temir-beton), 125-600 (kanalizatsiya sopol quvurlari) mm li drenaj quvurlari ishlatiladi. Drenaj quvurlarini yotqizish mexanizatsiyalashgan(quvuryotqizgichlar yordamida) va yarim mexanizatsiyalashgan (transheyalar draglayn ekskavatorlari bilan kovlanadi, quvurlar qo„lda yotqiziladi) usullarda bajariladi.
Gidrostatik bosim farqi ta’sirida suvning drenalarga sizilib chiqishi hisobiga yer osti suvlari sathi tartibga solinadi. Sizib chiqqan suv drenadan o„zi oqib ketadi. O„zbekistonda gorizontal drenaj eng ko’p tarqalgan bo’lib, melioratsiyalanadigan(zaxi qochiriladigan) yerlarning 85% dan ko„prog„iga xizmat ko„rsatadi. Gorizontal drenaj tuzilishi bo’yicha ochiq yoki yopiq; ishlash usuliga ko’ra zaxi qochiriladigan maydonda bir tekis joylashtirilgan muntazam hamda muayyan joylardagina (siyrak) joylashtirilgan ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar; xizmat muddati bo’yicha doimiy(meliorativ tizimning butun ishlash davrida ayeratsiya zonasidagi tuproq-gruntning zarur suv-tuz tartibotini ta’minlaydi) va muvaqqat(doimiy drenaj ishlab turgan bo’lsada, sho’r bosgan va o„ta Sho’rxok yerlarda faqat joriy sho’r yuvish davrida sho’rsizlantirish jarayonini tezlatish uchun quriladi) turlarga bo’linadi. Muayyan tuproq-gidrogeologik sharoitlarda gorizontal drenajning zax tortish quvvatini kuchaytirish maqsadida ularga kuchaytirgich - burg„i qudug„i ulanadi. Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kamchiliklari(drenajlar va zovurlar texnik holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, sho’r yuvishda suvning ko’p sarflanishi va b.) tufayli ularni kamroq qo’llash yo„lidan borilmoqda. O„zbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari dastlab Mirzacho„ldagi tajriba melioratsiya stansiyasida qurilgan. Ko„pgina afzalliklar(uzoq foydalanish, tez va qisqa fursatda sug’orishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.) ga ega bo„lgani uchun bunday drenajlar keyinchalik qo„riq yerlarni o„zlashtirishda keng joriy etildi. Hozirda yopiq drenajlarning yangi vakuumli, elektr osmotik, qO’sh qavatli turlari ishlab chiqilgan(ular turli chuqurliklarga yotqiziladigan va texnika vositalari bilan jihozlangan drenajlar majmuidan iborat). Avtomatik vositalardan foydalanib, boshqariladigan drenaj tarmoqlari barpo qilinmoqda.
Vyertikal drenajning sho’rsizlantirish samarasi sho’r yuvish, vegetatsion suyurish, tuproq-grunt ayeratsiyasi va tuproq qoplami zonasidan yerigan tuzlarni yer osti suvlarining chuqurroq gorizontlariga tushirish yoki ularni sug’oriladigan hudud chegarasidan tashqariga chiqarib yuborish yo„li bilan amalga oshiriladi. Vyertikal drenaj asosan gorizontal drenaj kam samara beradigan, tuproq qatlami suvni sust o„tkazadigan, yer osti suvlarining bosimi katta bo’lgan qatlamlarda quriladi. Burg„i qudug„ining chuqurligi hududning litologik tuzilishiga qarab 30 dan 100 m gacha, diametri 1000 mm gacha, suv sarfi maydonning gidrogeologik sharoitiga bog„liq ravishda, 15 l/s dan 200 l/s gacha bo„lishi mumkin. Bitta tik drenaj qudug„ining ta’sir maydoni yer sharoitiga qarab 30-40 gektardan 120-150 gektargacha boradi. Tik drenaj quduqlarning boshqa drenaj tiplariga (yopiq drenaj) qaraganda afzalliklari: 3-4 yil mobaynida sho’rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilanishi; yerdan foydalanish koeffitsientining yuqoriligi; o’simliklar hosildorligini 2-3 yilda keskin oshishi; chiqarilgan suvlarni sug’orishda ishlatilishi. Sug’oriladigan yerlaming melioratsiyasida albatta hozirgi vaqtdagi samarali mukammal tik drenajlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir, (6.4.1.1-jadval). 6.4.1.1-jadval. Turli tipdagi drenajlarning qiyosiy samaradorligi (SANIIRI)
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling