Bozor faoliyati sharoitida narx ustidan nazoratning amalga oshirilishi Kirish
O‘zi davlat narxlarga qay darajada aralashmoqda va kelajakda nima
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Diyora kurs ishi 0
O‘zi davlat narxlarga qay darajada aralashmoqda va kelajakda nima
qilmoqchi? Davlat bundan buyon bozorga faqat taklifni ko‘paytirish va asossiz narx oshirayotganlarga qarshi kurashish orqali ta’sir o‘tkazmoqchi va narx belgilab bermoqchi emas. Narx belgilash qanchalik to‘g‘ri? Davlat narxni nazorat qilishi har doim yomon hisoblanadi. Biz buni o‘z tariximizda, energoresurslardan tortib oziq-ovqat mahsulotlarigacha ko‘rganmiz. Non masalasi elektr energiyasi masalasi bilan bir xil. Shu sababli narx nazorati olib tashlanishini 100 foiz to‘g‘ri deb hisoblayman. Agar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilmoqchi bo‘lsak, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy yordam berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ijtimoiy himoya orqali aholining 10–15 foizi qamrab olinishi kerak. Shu sababli hozirgi o‘zgarishni yomon deb bo‘lmaydi. Narxni erkinlashtirishdan qo‘rqmaslik kerak. Shuningdek, ijtimoiy ximoyani ham unutmaslik lozim. Chunki, haqiqatan ham, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bor va ularni himoya qilish kerakAslida O‘zbekistonda don, un va qolipli non narxlarini erkinlashtirish jarayoni 2017 yildan boshlangan. Bunga qadar aholining un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun davlat tomonidan fermerlardan g‘allani past narxlarda sotib olish mexanizmi amal qilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining har oylik bayoni asosida qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yopiq birja savdolari orqali mahalliy bug‘doy uni sotilgan. Oqibatda fermerlar va don korxonalarining iqtisodiy zarar ko‘rishi ularning moddiy-texnik bazalarini yaxshilay olmasliklari, hosildorlikni oshirishga bo‘lgan rag‘batning tushib ketishiga olib kelgan. Qolaversa, «plan» to‘ldirish masalasi davlat siyosati darajasida hal etilgan, aks holda, turli tahdidlar yangrashi kuzatilgan. Bularning barchasi mahsulot yetishtiruvchilarning og‘ir ahvolda ishlashiga va oqibatda taklifni ko‘paytirishga rag‘bat qolmasligiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, arzon mahsulot bilan ta’minlash uchun narxni o‘rnatuvchi tizimlar yaratish ayni vaqtda yangi korrupiya o‘chog‘ini yaratish ham hisoblanadi. Masalan, davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan g‘alla narxi 2017 yilda 550, 2018 yilda 750, 2019 yilda esa 1420 so‘m etib belgilangan. Maqsad — don erkinligini ta’minlash, bozorda un va non mahsulotlari narxini barqaror ushlab turish, import tovarga tobelikni kamaytirib, mahalliy ishlab chiqarishni maksimal oshirish. Ammo arzon un har doim ham non ishlab chiqaruvchilarga yetib bormagan yoki arzon unning barchasi ham non mahsulotiga aylanmagan. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, birgina «Ohangaron don» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi mansabdor shaxslari tomonidan 2011–2018 yillar davomida aholi ehtiyojlari uchun qolipli non ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan jami 18,6 milliard so‘mlik un va don mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. 2019 yil 15 oktyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat resurslariga qabul qilingan bug‘doydan olingan un ochiq birja savdolarida barcha iste’molchilarga hech qanday cheklovlarsiz sotiladigan bo‘ldi. Boshqacha aytganda, bug‘doy narxi qo‘yib yuborildi, endilikda davlat belgilagan qat’iy narx amal qilmaydi. Bu sohada erkin bozorni shakllantirish uchun 2017–2019 yillarda bug‘doyning davlat xarid narxi 2,6 martaga oshirildi. 2019 yilga kelib bunday narx hatto bozor narxlaridan oshdi. Ya’ni hukumat bug‘doyni tonnasiga o‘rtacha 1 million 420 ming so‘mdan xarid qilgan bo‘lsa, 2019 yil iyun–avgust oylarida respublika bozorlarida narx 1,3–1,4 million so‘m atrofida bo‘lgan. 2019 yilning 15 oktyabridan esa davlat sotib olgan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un ochiq birja savdolarida barcha iste’molchilarga hech qanday cheklovlarsiz sotila boshlandi. Yangi tartib o‘rnatilgandan keyin dastlabki 6 oyda (2019 yil 15 oktyabrdan 2020 yil 15 aprelgacha) birja savdolarida 846 ming tonna bug‘doy sotilgan bo‘lib, bu mamlakatda yillik un ishlab chiqarish hajmining (1,6 million tonna) 53 foizi degani. Yuqoridagi o‘zgarishlarga qaramay, bu davrda birja savdolarida un narxining keskin oshib ketishi kuzatilmadi: 1 tonna unning boshlang‘ich narxi o‘rtacha 2 million 185 ming so‘m atrofida bo‘lgan holatda o‘rtacha 2 million 415 ming so‘mdan sotilgan. Masalaning yana bir tomoni, don narxlari erkinlashtirilishi fermer xo‘jaliklarining hosildorlikni va yalpi hosilni oshirishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017–2019 yillarda o‘rtacha hosildorlik gektariga 57,8 sentnerdan 64,3 sentnergacha ko‘tarilgan. Shuningdek, un mahsulotining erkin sotilishi ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirdi. Korxonalar bozorni «berib» qo‘ymaslik uchun un sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish ustida ishlashni boshladi. Mijozlarga mahsulotni yetkazib berish, qadoqlash va boshqa xizmatlarga talab kuchaydi. Hukumat un narxining erkinlashtirilishi aholining kambag‘al qatlamiga salbiy ta’sir qilishini yumshatish bo‘yicha ham bir nechta choralar ko‘rdi. Xususan, un va qolipli non narxi erkinlashishi fonida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga kiruvchi 10 ta toifadagi 3 milliondan ortiq aholiga kompensatsiya joriy etildi. Lekin boshqa sohalar kabi koronavirus pandemiyasi bu sohadagi rejalarni ham o‘zgartirishga majbur qildi. Mazkur kutilmagan holat oqibatida 2020 yil 16 apreldan un mahsulotini birjada sotish to‘xtatilib, 1-navli 1 kilogramm unning chakana narxi qat’iy 2800 so‘m va 600 grammli qolipli nonning chakana narxi 1600 so‘m miqdorida belgilab qo‘yildi. Narxlarni saqlab qolish maqsadida davlat 2020 yil hosilidan bug‘doyning 1 tonnasini 1 million 550 ming so‘mdan (bozor narxidan 350–400 ming so‘m past) xarid qildi. Bu qaror esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklari, don korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchi korxonalar moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu muammoni bartaraf etish uchun esa un ishlab chiqaruvchi korxonalarga davlat budjetidan bir yilda 100 milliard so‘mga yaqin kompensatsiya to‘lab berildi. Shuningdek, ushbu amaliyot bo‘yicha qayd etilgan narxlar 2021 yil hosili uchun ham saqlab qolindi. Bu safar ham fermerlarning zarar ko‘rishi inobatga olinib, ularga 800 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Yana budjet pulidan kompensatsiya berilishidan maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ayni pandemiya davrida nonga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olishi kerak edi. Pandemiya boshida narxlarning belgilab qo‘yilishi narx-navoning ma’lum darajada barqarorligini ta’minlagan bo‘lsa ham, keyinchalik bozorda un narxi osha boshladi. Unning narxi qat’iy belgilangan bo‘lishiga qaramay, amalda arzon unning katta qismi bozor narxlarida sotilishi kuzatildi. Ya’ni budjetdan moliyalashtirilgan arzon un aslida nonga aylanmay, bozorda boshqa import tovarlar qatori yuqori narxda sotildi. Negaki bozor talab va taklifi avtomatik ravishda narxni oshirishga imkon berardi. 2021 yil 25 noyabr holatiga 1-navli 1 kilogramm mahalliy unning chakana narxi belgilangan chakana narx 2 800 so‘m bo‘lishiga qaramay, hududlarda 4050 so‘mdan 5400 so‘mgachani tashkil qildi. Shuningdek, hududlarda (Toshkent shahridan tashqari) vazni 600 grammlik qolipli non 1700 so‘mdan 2600 so‘mgacha sotila boshladi. Ya’ni narx o‘rnatish siyosatidan voz kechilayotgani mantiqan to‘g‘ri qaror. Yana bir jihat shundaki, korxonalarga arzon non yetkazib berishi uchun imtiyozli narxlarda un berishdan ko‘ra aholining yordamga muhtoj qatlamini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy qo‘llab-quvvatlash ham tranzaksion xarajatlar tomonidan arzonga tushadi, ham korrupsion holatlar yuzaga kelishining oldini oladi. Narxlar nega oshdi, degan savolga keladigan bo‘lsak, bunga ikkita sabab bo‘lishi mumkin: birinchi sabab aniq, butun dunyoda Ukraina va Rossiya urushi hamda boshqa ba’zi omillar sabab oziq-ovqat narxlari ko‘tarildi. Ikkinchi sabab esa bozorlarda katta miqdorda mahsulot sotib olib, ularni ataylab narx ko‘tarilgandan keyin qimmatroqqa, maydalab sotishni istayotganlar mavjud bo‘lishi mumkin. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoni asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytirilayotgani ham mazkur xavotirlarni tasdiqlaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling