Bozor iqtisodi, uning tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari
Download 52.11 Kb.
|
kurs ishi Feruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi…………………………….. 1.3 Biznes yuritishda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish darajasini baholash……………………………………………………………………………
- 2.2 Strategik menejment. Raqobatdagi ustunlikni yaratish strategiyalari. Ichki imkoniyatlar va dinamik imkoniyatlar nazariyasi………………………………….. KIRISH
Mavzu: Turizm va mehmonxona biznesida biznes rejaning ahamiyati Mundarija Kirish…………………………………………………………………………….. I BOB. Bozor iqtisodiyoti va biznes…………………………………………… Bozor iqtisodi, uning tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari……………… 1.2. Biznes – bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi…………………………….. 1.3 Biznes yuritishda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish darajasini baholash…………………………………………………………………………… II BOB. Strategik rejalashtirish va biznes rejani shakllantirish……………… 2.1 Biznes-rejani tuzish va uni sinovdan o’tkazish. Biznesning missiyasi,maqsadi va vazifalari……………………………………………………. 2.2 Strategik menejment. Raqobatdagi ustunlikni yaratish strategiyalari. Ichki imkoniyatlar va dinamik imkoniyatlar nazariyasi………………………………….. KIRISH Sо‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qо‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish о‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, о‘z mehnati bilan daromad topish istagida bо‘lgan fuqarolarga amaliy yordam kо‘rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini kо‘rsatmoqda. Xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xо‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy 2018- yilning 7- iyun kuni har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bо‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish tо‘g‘risidagi qarorni imzoladi1 . Qarorda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bо‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy о‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan "Har bir oila – tadbirkor" dasturi amalga oshirilishi kо‘rsatib о‘tildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bildirilgan taklif va tavsiyalarning barchasini inobatga olib, yangi – 2018- yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi. Prezidentimizning о‘zi faol tadbirkorlik degan tushunchaning mazmuniga alohida izoh berib о‘tdi: “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yо‘nalishdir” 2 . Shunga kо‘ra, Prezidentimizning ta’biricha, faol tadbirkorlikning asosiy sharti innovatsion faoliyat turi bilan shug‘ullanish hisoblanadi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullaridan foydalanishni kо‘zda tutadi. Shuningdek, Murojaatnomada faol tadbirkorlikning asosiy shartlari qatorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir ishbilarmon insonlar faoliyati zarurligi ta’kidlab о‘tildi. Ma’lumki, mahsulotning raqobatbardoshligi kо‘plab omillarni taqozo etadi. Ular tarkibiga arzon xomashyo va materiallar, tabiiy resurslardan tortib, to malakali ishchi kuchigacha, zamonaviy texnika va texnologiyalardan tortib, to izchil ravishda, muntazam yangilanib boradigan innovatsion ishlanmalarni joriy etib borishgacha bо‘lgan omillar kiradi. Eng muhimi, faol tadbirkor deganda, yangi ish о‘rinlari yaratib, nafaqat о‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlar tushuniladi. Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot davrida asta-sekin mana shunday faol tadbirkorlar qatlami vujudga kelmoqda. Haqiqatan ham, yurtimizdagi mavjud iqtisodiy salohiyatni ishga tushirgan holda bu kabi faol tadbirkorlarimiz safi kengaytiriladigan bо‘lsa, yaqin kelajakda mamlakatimizda ishsizlar soni keskin qisqarib, aholining о‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli daromad topish imkoni paydo bо‘ladi. Prezidentimiz “faol tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng sо‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbobuskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bо‘lishi shart. Kerak bо‘lsa, xorijdagi yyetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, о‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim” 3 , deb ta’kidlab о‘tdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir korxona ko‘p sonli va turli muammolarga duch kеlib, ulardan biri xo‘jalik yuritish tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallash hisoblanadi. Bu vazifani korxona (firma) o‘z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish g‘oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni bеlgilab qo‘ygan holdagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga bеrilgan ijobiy javob korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa bеlgilaridan qat’i nazar, uning yaratilishi va kеlgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘la oladi. G‘oyani rеal voqеlikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Bеlgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi – moddiy, mеhnat, moliyaviy rеsurslar, shuningdеk, ishlab chiqarish quvvati bilan ta’minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta'minlash, ya’ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning markеting stratеgiyasi hissasi katta bo‘ladi. Download 52.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling