203
tovarlar to‘plami o‘zaro teng qiymatli, biroq D
1
, D
1
egri chiziqdagisi D
2
, D
2
va D
3
,
D
3
egri chiziqdagi tovarlar to‘plami bilan teng qiymatli emas.
Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda iste‘molchi ko‘proq tovarlar to‘plamini
sotib olishni afzal ko‘radi. Biroq kutilgan natija uning harid qilish imkoniyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Bozor
tovarlar narxini belgilaydi, afzal ko‘rishni esa iste‘molchi
daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Iste‘molchilik tanloviga ―byudjeti
cheklanganligi‖ to‘siq bo‘ladi va unda avvalo imkoniyatlar chizig‘ini tasvirlash
zaruriyati paydo bo‘ladi. U ―byudjet chizig‘i‖
deb nomlanib, narx va daromad-
larning mavjud darajasida ikki tovarning sotib olish mumkin bo‘lgan
har xil
uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu chiziqning chetki nuqtalari koordinata o‘qlarida
joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: