Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy tadbirkorlik
Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a‘zolari faoliyatida
o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona korparatsiya tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi. Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a‘zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Bu odatda kichik savdo shahobchalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy kasbi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. Faoliyat turining mazmuniga bog‘liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari farqlanadi: - Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish va ma‘naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi. - Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi; - Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi; - Vositachilik tadbirkorligi tomonlarning o‘zaro bitimlaridan manfaatdorligini bog‘lovchi faoliyatda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari tadbirkorlar faoliyatini tashkil qilish sohasi bo‘yicha kelishuvlarni tavsiflab, ular Kartel, Sindikat, Konsorsium, Kontsern to‘pida bo‘lishi mumkin: Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aktsionerlik) jamiyatlaridir. 215 Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun qatnashchilar o‘zlarining mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirishlari lozim bo‘ladi. Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo‘jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug‘urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi. Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling