210
Umumiy
naflilik
(total
utility)
– so‘nggi qo‘shilgan
naflilik
ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Farqsiz egri chizig’i –iste‘molchi uchun A va B tovarlarning u yoki bu teng
qiymatli to‘plamini aks ettiruvchi nuqtalarning geometrik joylashishi.
Farqsizlik xaritasi – naflilik darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi
farqsiz egri chiziqlar yig‘indisi.
O’rnini bosish samarasi – bunda bir tovar narxi o‘sganda
xaridor uchun
o‘rnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha
qimmatli tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi.
Daromad samarasi – narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi
pul daromadi
xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishi.
9.
Giffen samarasi – hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga
bo‘lgan talab
miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi
mumkinligini ko‘rsatadi.
10.
Naflilikni maksimallashtirish qoidasi – bunda iste‘molchi o‘zining
daromadini shunday sarflashi kerakki, u to‘liq sarflanganda tovarni xarid qilishdan
olingan keyingi naflilikning tovar narxiga nisbati barcha
tovarlar uchun bir xil
qiymatga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: