Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. 
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari 
Hozir jahonda xo‘jalik yuritish shakllarining turli tumanligiga mos ravishda 
tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash shakllari mavjud. 
Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy 
daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to‘g‘ri keladi. Davlat korxonalari 
ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki 
katta kapital qo‘yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta 
guruhga bo‘lish mumkin: 
–byudjet korxonalari; 
–davlat ishlab chiqarish korxonalari; 
– aralash kompaniyalar; 
Byudjet korxonalari huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan 
korxonalardir. Ular davlatning ma‘muriy – boshqarish tizimiga kiradi va olgan 
foydadan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali 
o‘tadi. 
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng 
tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati 
bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazi-
falarini ham bajaradi, ya‘ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat 
organlari belgilarini mujassamlashtiradi. 
Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari 
cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalar paketi davlatga taalluqli 
bo‘ladi. Shu bilan birga, ular ma‘lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat 
tomonidan pul va dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan 
olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat‘iy 


214 
belgilangan narxlarda o‘zaro yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish 
uchun bozor bilan ta‘minlanganlik va shu kabilar. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling