Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining
hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad 
olish, korxonani boshqarish va tugatilganda mulkiga sheriklik huquqi 
borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir.  
Aktsiya kursi. Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati 
deyiladi, aktsiya bozorida sotiladigan narx aktsiya kursi deyiladi. 
Aktsiya kursi olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda foiz 
stavkasiga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Aktsiya bo‘yicha olinadigan 
daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmasa, u sotib 
olinadi. 
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi: 
Ssuda foizi o‘sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga 
qaraganda yuqori darajada ortsa, aktsiya kursi ko‘tariladi. 
Aktsiyaning haqiqiy bozor kursiga dividend va ssuda foizi darajasi bilan 
birga, unga bo‘lgan talab va taklif nisbati ham ta‘sir qiladi. 
Hissadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. 


216 
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan 
pul qo’yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy 
mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. 
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori 
hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik 
kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda 
ovoz berish huquqini bermaydi.
Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta‘sischilik 
foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sischilik foydasi 
sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan 
mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling