Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI VA TADBIRKORLIK KAPITALI 1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari.
- 4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. 5. Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari.
- Tadbirkorlik faoliyati
Muhokama uchun savollar: 1. Iste‘molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang. 2. Iste‘molchining afzal ko‘rishi nima? U iste‘molchi tanloviga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? 3. Yalpi (umumiy) naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 4. Farqsizlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Farqsizlik xartasichi? Ularning iste‘molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang. 5. Iste‘molchi byudjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday ta‘sir ko‘rsatadi? 211 XIV BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI VA TADBIRKORLIK KAPITALI 1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari. 2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari. 3. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi va uning bosqichlari. 4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. 5. Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari. 1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo‘lgan va ko‘pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Keyinchalik real xo‘jalik hayotida faoliyat qiluvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi. Tadbirkorlik faoliyati mulkiy mas‘uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo‘lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va boshqalar mulki asosida ish yuritishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga chiqara olmaydi va shubhasiz, etarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. 212 I. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bular korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi. II. Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oladi. III. Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. IV. Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.Tahlika daromad olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, kredit va foizli turlari farqlanadi. Tadbirkorlikning rivojlanishi, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma‘lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoitlar yaratilishi zarur. To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi. Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va malakaviy tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbir- korlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 213 Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling