Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
5. Asosiy kapitalning tarkibi, eskirishi va foydalanish samaradorligi
ko’rsatkichlari Tadbirkorlik kapitali tarkibida asosiy kapital, belgilovchi rol o‘ynaydi. Uning miqdor va sifat jihatdan o‘sishi, takomillashib borishi ishlab chiqarishning yuksak texnika darajasini ta‘minlaydi va shu asosda samaradorligini o‘stiradi. Asosiy kapitalning miqdor jihatdan o‘sishi unga qo‘yiladigan investitsiyalar hajmiga, sifat jihatdan takomillashishi esa uning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va kapitalning umumiy qiymatida har bir tarmoqning ulushi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. Asosiy kapitalning turlari bo’yicha tarkibi ularning umumiy qiymatida, har bir turining hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me‘yorda borishini ta‘minlab mehnatning umumiy sharoitini tashkil kilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita ta‘sir ko‘rsatsa mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va uning samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Asosiy kapitalning mulkiy tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining ulushi bilan tavsiflanadi. 224 Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta‘sirida jismoniy eskirish. Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste‘mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta‘sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va uning yo‘qotilishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi. Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma‘naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq kiladi. Ma‘naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Ma‘naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizattsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foy- dalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya iste‘mol qilingan mehnat vositalari qiymatini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir. Amortizatsiya va uning normasi. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi. Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazish, keyinchalik ularni qayta tiklash 225 maqsadlarida mahsulot qiymatining amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg’arish jarayonidan iborat. Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining bir qismi asosiy kapitalni to‘liq qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital remont qilishga) mo‘ljallanadi. Amaliyotda yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda: asosiy kapital qiymati (Kas), asosiy kapitalning harakat qilish muddati davomida kapital ta‘mirlash uchun sarflar (Ts), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (To) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi: Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma‘naviy eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun‘iy ravishda oshirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa texnika taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling