Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt 
davomida mahsulot mehnatning bevosita ta‘siri ostida bo‘ladi.
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta‘sir ko‘rsatish 
zarurligi va tashkiliy xarakterdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat 
buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va 
biologik jarayonlarning ta‘siri ostida bo‘ladi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki 
to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga 
ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek ishlab 
chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish vositalarining zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti bu, 
ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash uchun zarur 
bo‘lgan davrdir. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining 
samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, 
ehtiyojlarni puxta hisobga olish muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim 
ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta‘sir 
qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) kilingan aylanishlar soni (p) yoki 
bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: P=A/a; a=A/P 
Agar kapital aylanish uzunligi uch oyni (90 kunni) tashkil etsa, u vaqtda 
p=12/3=4; a=360/4=90 kun bo‘ladi. 
Turli sohalarda kapitalning aylanish vaqti ulardagi ishlab chiqarish va 
muomala jarayonlarining xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‘ladi. Masalan, 


223 
engil sanoatda band bo‘lgan kapitalning aylanish vaqti, mashinasozlik sanoat-
laridagi kapitalning aylanishiga nisbatan qisqa bo‘ladi. 
Avanslangan qiymatning aylanish tezligi ko‘pgina omillarga bog‘liq. 
Bulardan eng muhimlari: unumli kapitalning qanday nisbatda asosiy va aylanma 
kapitalga bo‘linishidir.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling