Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
Aktivlar va passivlar balansi 
Aktivlar
Passivlar 
1. Nomoliyaviy aktivlar
2. Moliyaviy aktivlar
3. Majburiyatlar
4. Kapital sof qiymati 
1+2-3=4 
Aktivlar hisobi iqtisodiyot barcha sub‘ektlarida mavjud bo‘lgan aktivlarning 
har bir alohida turlari uchun tuziladi. Aktivlar va passivlar balansi ham vaqtning 
ma‘lum davri (yil boshi va oxiri)da alohida sektorlar va butun iqtisodiyot uchun 
tuziladi. 


325 
Iqtisodiyotning har bir sektori uchun barcha aktivlar qiymati va barcha 
majburiyatlar o‘rtasidagi farq –kapitalning sof qiymatini hosil qiladi. Bu miqdor 
butun iqtisodiyot uchun milliy boylik sifatida chiqadi. Boshqacha aytganda u 
iqtisodiyot barcha sektorlari sof kapitallari summasiga teng keladi. Iqtisodiyot 
rezidentlarining o‘zaro moliyaviy talablari ulardan biri uchun moliyaviy aktivlar
boshqasi uchun majburiyatlar hisoblanishi sababli, ular bir-birini qoplaydi, milliy 
boylik esa nomoliyaviy aktivlar va kapital sof qiymati umumiy summasi sifatida 
aniqlanadi.
Yil boshi va oxirida aktivlar va passivlar balansi hamda jamg‘armalar hisobi 
o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi. 
Aktivlar hisobida zahiralar va oqimlar o’zaro bog’liqligi 
Zahiralar va oqimlar ko’rsatkichi
MHTdagi hisoblar
1. Davr boshida aktivlar qiymati
Aktiv va passivlarning dastlabki 
balansi
2. Sotib olingan aktivlarning sof qiymati 
(kirim-chiqim) 
Kapital bilan operatsiyalar hisobi 
(nomoliyaviy aktivlar) moliyaviy 
hisob (moliyaviy aktivlar) 
3. Aktivlar hajmida boshqa o‘zgarishlar 
qiymati 
Aktivlar 
hajmida 
boshqa 
o‘z-
garishlar hisobi
4. Narx o‘zgarishi natijasida aktivlar 
qiymatining o‘zgarishi
Qayta baholashlar hisobi
5. Davr 
oxirida 
aktivlar 
qiymati 
(1+2+3+4)=5 
Aktivlar 
va 
passivlarning 
davr 
oxiridagi balansi
Majburiyatlarga nisbatan ham xuddi shunday tartib amal qiladi. Shunday 
qilib, MHT aktivlar va majburiyatlar qiymatidagi o‘zgarishlarni qayd qilishni 
ko‘zda tutadi ayni vaqtda bu o‘zgarishlar iqtisodiyot sektorlaridagi kapital 
qiymatida va butun milliy boylikda qanday tarkibiy qismlar hamda qaysi omillar 
hisobiga ro‘y berganligini tahlil qilish imkonini beradi.


326 
MHTda barcha aktivlar va majburiyatlarni baholashda joriy bozor 
narxlaridan foydalaniladi. Asosiy kapital qiymatini MHTda aks ettirishda qayta 
tiklash qiymatini aniqlash usuli ham qo‘llaniladi. Yana bir usul aktivlardan 
foydalanishdan 
kutilayotgan 
bo‘lg‘usi daromadlar tushumining haqiqiy 
(diskontlashgan) qiymatini aniqlash hisoblanadi. 
Chet el valyutalarida qayd qilingan aktivlar va majburiyatlar bozor 
ayriboshlash kursi bo‘yicha milliy pul birligida baholanishi zarur. 
MHTda nomoliyaviy aktivlar ikki turga ajratiladi: ishlab chiqarilgan va 
ishlab chiqarilmagan aktivlar. Ishlab chiqarilgan aktivlarga asosiy kapital, moddiy 
aylanma vositalar va qimmatliklar kiritiladi
63
Ishlab chiqarilmaydigan aktivlar uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: 
tabiiy resurslar; ijara va litsenziya shartnomalari; xarid qilingan gudvill
64
va 
marketing aktivlari
65
MHTda moliyaviy aktivlar va majburiyatlar sifatida quyidagilar hisobga 
olinadi: 

monetar oltin va qarz olishning maxsus huquqi;

naqd valyutalar va o‘tkazilgan depozitlar;

qarzli qiymatli qog‘ozlar va ssudalar; 

aktsionerlik kapitali va investitsion fondlar aktsiyalari; 

sug‘urta, pensiya ta‘minoti va standartlashtirilgan kafolatlar dasturlari; 

boshqa debitorlik va kreditorlik qarzdorlik (tovarlarni yetkazib berish 
bilan bog‘liq tijorat kreditlari, soliqlar, dividend, ish haqi to‘lash, 
qimmatliqog‘ozlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq qarzdorlik) 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling