Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Iqtisodiy o’sish modellari. Iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalarning o’rni
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- R.F.Xarrod modeli
3. Iqtisodiy o’sish modellari. Iqtisodiy taraqqiyotda innovatsiyalarning o’rni
Iqtisodiy o‘sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi mahsulotchi qarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. 317 Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishning ko‘pchilik modellarida ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) vakapital (K) miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘lanadi. Yalpi talab, yalpi taklif modeli E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo‘lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va mahsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra investitsiyalarning o‘sish sur‘ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o‘sish sur‘ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aholi soni ko‘payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o‘sish sur‘ati bo‘lib, u mehnat va kapital omillarining to‘liq bandligini ta‘minlaydi. R.Solou modelida - Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro o‘rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart- sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi kabilar hisoblanadi. Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sish va umuman iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili innovatsiyalar hisoblanib, u YaIMning miqdoriy ortishi va sifatining yaxshilanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Innovatsiya so‘zi (lotincha -innovationem) mazmunan ―o‘zgartirish‖ yoki ―zamonaviylashtirish‖ degan ma‘noni anglatib, bir tomondan ishlab chiqarish jarayonini boshqa tomondan uning pirovard natijasi hisoblangan mahsulotning yangilanishini bildiradi. Avstriya iqtisodchisi I.Shumpeter innovatsiya tushunchasini ilmiy atamashunoslikka kiritib, unga ―beshta odatiy o‘zgarish‖ sifatida tavsif beradi. Bular: 1. yangi mahsulotni joriy qilish; 2. ishlab chiqarishning yangi usullarini qo‘llash; 318 3. yangi bozorlarning ochilishi; 4. xomashyo va yarim fabrikatlar yangi manbalari topilishi; 5. ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yangi o‘zgarishlar. Shunday ekan innovatsiya, Y.Shumpeter fikricha, ishlab chiqarish sharoitlarini yangicha uyg‘unlashtirish. Xalqaro standartlarga ko‘ra innovatsiya, innovatsion faoliyatning natijasi sifatida aniqlanadi. Aytilgan yondashuvlarni umumlashtirib innovatsiyani quyidagi tarkibda qayd qilish mumkin: innovatsiya – yangi mahsulot va xizmat: innovatsiya – ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari va yangi texnologik jarayonlar. Innovatsion jarayon –innovatsiyalarning yaratilishi, o‘zlashtirilishi va tarqalish jarayonlaridir. Boshqacha aytganda innovatsion jarayon – bu milliy bilimlarning innovatsiyalarga asoslanib borishining uzluksiz amalga oshadigan jarayoni. Innovatsion jarayon o‘z ichiga har doim ikki bosqichni qamrab oladi: Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling