Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
2. 
Iqtisodiy o’sish omillari 
Iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni shartlilik asosida uchta 
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‘sish 
layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar 
quyidagilar: 


314 
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
2) mehnat resurslari miqdori va sifati; 
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish 
salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy 
jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. 
Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan samarali foydalanishda ularni kerakli 
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. 
Iqtisodiy o‘sishga talab omillari ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Iste‘mol 
tovarlari, xizmatlar yoki investitsion tovarlarga talabning ortishi ularni ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirib, pirovardida iqtisodiy o‘sishga olib keladi. Shunday 
ekan talab omillari iqtisodiy o‘sishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash va talab omillari o‘z o‘rniga ega 
bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi 
zarur. Shu sababli, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi taklif 
omillarini to‘laroq qarab chiqamiz. 
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni 
ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat 
ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab 
chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi.
Mahsulotning real hajmi ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin: 
Resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi va ulardan ancha unumli foydalanish 
yo‘li bilan. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling