310
Bunda yagona o’lcham vazifasini narx bajaradi, ya’ni mahsulot va
xizmatlar hajmi muayyan miqdordagi pulga tenglashtiriladi.
YaMMning real hajmi doimiy narxlarda yoki qat‘iy valyutalar hisoblanadi.
Chunki joriy narxlarda YaMMning moddiy hajmi o‘smasada, inflyatsiya ta‘sirida,
uning qiymat miqdori ortib ketadi. Iqtisodiy o‘sishga davriy jihatdan
yondashilganda, u bir xil sur‘atlarda va bir tekis bormaydi.
Agar katta tarixiy
bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, jahon yoki milliy davlatlar iqtisodiyotida,
barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi
hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat
o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Respublikamizda 2004-yildan boshlab barqaror iqtisodiy o‘sish sur‘atlariga
erishib, so‘nggi yillarda 8,0 foizdan ziyod barqaror iqtisodiy o‘sish sur‘atlari
saqlanib qolgan bo‘lsada,
YaIM qo’shimcha o’sish sur’atlari
―iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur‘atlari va investitsiya resurslariga o‘sib
borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas‖
60
.
Faqat aftomobil-
60
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.33- бет.
311
sozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan.
Bu nafaqat sanoat mahsuloti o‘sish sur‘atiga, balki mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti o‘sishiga ham jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
Bu sohada import hajmi
eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa
importga nisbatan 20 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda.
61
Mahsulotning o‘sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish
omillari miqdorining
o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbiy bog‘liqlik iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv
turlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: