Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Makroiqtisodiy 
darajada 
iqtisodiy 
o’sishning 
asosiy 
qiymat 
ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: 

YaIM yoki milliy daromadning mutloq hajmining o‘sish sur‘ati; 

YaIM yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga to‘g‘ri keladigan 
nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; 

YaIM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi 
hisobiga to‘g‘ri keladigan nisbiy miqdorining o‘sish sur‘ati; 
Iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish 
mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. 
Masalan: agar tahlil markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi 
ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va 
regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi 
ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi 
ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi. 
Odatda iqtisodiy o‘sish % (foiz) da o‘sishning yillik sur‘ati sifatida 
aniqlanadi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur‘atini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar (real 
YaIM, aholi jon boshiga va iqtisodiy resurs birligiga real YaIMning o‘sishi) 
miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular:
- birinchidan mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu 
sababli farovonlikning haqiqiy holatini to‘liq tavsiflab berolmaydi; 
- ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning 
sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib 
ko‘rsatilishiga olib keladi,
– uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning 
atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta‘sirini hisobga olmaydi. Shu sababli 
tahlilda iqtisodiy o‘sishning shart-sharoitlari va alohida tomonlarini tavsiflovchi 


313 
ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan asosiylari iqtisodiyotning texnikaviy
darajasi YaIM ning qiymat tuzilishi iqtisodiy resurslar unumdorligi, milliy 
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda 
miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan 
tavsiflanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalari va texnologiyaning rivojlanish darajasi. 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi. 
v) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati. 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi 
va kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi o‘zgarishi hisoblanadi. YaIMda 
industrial va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ulushining ortib borishi nafaqat 
uning miqdoran o‘sib borishi balki sifat jihatdan yaxshilanayotganini ham 
anglatadi. 
Aholi shaxsiy daromadi va tadbirkorlik sektori foyda miqdori mutloq hamda 
nisbiy ko‘rsatkichlarda ortib borishi ham iqtisodiy o‘sish sur‘ati va sifati to‘g‘risida 
xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Iqtisodiy resurs va texnikaviy vositalar birligi unumdorligi ortishi iqtisodiy 
o‘sishning jismoniy ko‘rsatkichlari jumlasiga kiradi. Jumladan, qishloq xo‘jalik 
ekinlari hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligi ortishi, bir kombayn hisobiga 
yig‘ib olingan g‘alla yoki paxta hosili miqdori o‘sishi, to‘quv dastgohi birligiga 
ishlab chiqarilgan material miqdorining ko‘payib borishi shular jumlasidandir.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling