Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iste’mol tovarlari narx indeksi - iste‘mol savatiga kirgan tovarlarning joriy 
va bazis davrdagi narxlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Investitsion tovarlar narxlari indeksi - korxonalar tomonidan an‘anaviy 
ravishda sotib olinadigan investitsion tovarlar to‘plami narxlar bo‘yicha 
aniqlanadi. 
YaIM deflyatori indeksi - nominal va real YaIM hajmining ikki davrdagi 
nisbatlari bilan aniqlanadi. 
Eksport va import tovarlar narxi indeksi - asosiy eksport va import tovarlari 
narxlarining o‘zgarishini aks ettiradi. 
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablari. 
Inflyatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib 
chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o‘sishini 
keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyatsion hisoblanavermaydi. 
Jumladan, kon‘yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini
yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflyatsion deb hisoblash mumkin 
emas. 
Inflyatsiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi 
hisoblanishi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga 
muvozanatlikning buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi 
o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar: 
1. Pul emissiyasining asossiz ko‘paytirilishi; 
2. Davlat byudjeti taqchilligi; Agar taqchillik mamlakat banki tizimi qarzlari 
hisobiga moliyalashtirilsa bu muomaladagi pul massasi o‘sishiga olib keladi. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish ham huddi shu usulda amalga oshirilsa narx-
larning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. 
3. Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi; 


365 
Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alohida 
inflyatsion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish 
nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki pul massasining tegishli 
tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi. 
4. Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; 
Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat 
sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi. Buning
natijasida tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq 
vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligiga sabab bo‘ladi. 
5. Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati; 
6. Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi; 
7. Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi; 
8. Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotning 
jahon xo‘jalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali ―import qilinadigan‖ inflyatsiya 
xavfini kuchaytiradi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling