370
qo‘shimcha turdagi mahsulot ishlab
chiqaruvchi va xizmatlar
ko‘rsatuvchi korxonalarga imtiyozlar berish;
iste‘mol tovarlari importini kengaytirish;
yangi xususiy korxonalar aktsiyalarini sotishni rag‘batlantirish;
muddatli omonatlarga yuqori foiz stavkalarini belgilash;
ichki bozor raqobatbardosh bo‘lgan sharoitda
milliy valyuta kursini
oshirish;
davlat oltin va valyuta zahiralaridan qisman
inflyatsiyani jilovlashda
foydalanish.
Davlat
tomonidan
surunkali
giperinflyatsiya
sharoitida
uni
yumshatishga qarata qo’llaniladigan majburiy tadbir – bu pul islohotlarini
o’tkazish hisoblanadi.
Pul islohotlarining quyidagi turlari mavjud:
Nullifikatsiya
Inflyatsiya sur‘ati juda yuqori darajada bo‘lganda qo‘llanilib,
bunda
qadrsizlangan pul o‘rniga muomalaga yangi pul birliklari chiqariladi.
Bu tadbir 1797 yilda Frantsiyada qo‘llanilib, muomalaga qog‘oz
pullar
o‘rniga real pullar, ya‘ni qimmatbaho metallardan ishlangan tangalar chiqarilgan.
Devalvatsiya
Bunda eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash va to‘lov
muvozanatini
yaxshilash maqsadida milliy valyuta kursi rasmiy ravishda pasaytiriladi.
Masalan, 1986 yil AQShda dollarning Yaponiya ieniga nisbatan kursi 2
barobar pasaytirilgan.
Denominatsiya
Bunda eski pul birliklari ma‘lum bir nisbatda
yangi pul birliklari bilan
almashtiriladi. Denominatsiya 1961 yil sobiq SSSRda (10:1 nisbatda), 1994 yil
O‘zbekistonda (so‘m-kuponga 1000:1 nisbatda) va 1998 yil Rossiyada (1000:1
nisbatda) qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: