Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi
(2016y. foizda) 24.1-жадвал DAROMADLAR XARAJATLAR Darmomadlar jami 100,0 Xarajatlar jami 100,0 Bevosita soliqlar 24,0 Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 55,6 Bilvosita soliqlar 51,5 Iqtisodiyotga xarajatlar 10,6 Resurs to‘lovlari va mulk Markazlashtirilgan investitsiyalarni 380 solig‘i 12,9 moliyalashtirish xarajatlari 5,1 Boshqa daromadlar 11,6 Davlat hokimiyati organlarini saqlash xarajatlari 4,5 YaIMga nisbatan 20,6 Boshqa xarajatlar 21,0 YaIMga nisbatan 20,5 Byudjet taqchilligi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib, byudjet kamomadini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish orqali qoplanadi. Davlat byudjetining daromadlari xarajatlardan ortiqcha bajarilishini profitsit ko‘rsatkichi ifodalaydi. Profitsitga ega byudjet sog‘lom iqtisodiyotini ifodalaydi. 3. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari Soliq iqtisodiy tushuncha sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini ravishda byudjetga jalb qilish shaklidir. Soliq bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil amal qiladi va moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni yig‘ish davlat tomonidan belgilangan tartib va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Hozirgi davrda davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi: 1. Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o‘zgarmay qolgan taqdirda ham aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlash qo‘shimcha mablag‘larni zarur qilib qo‘yadi. 2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi kishilar turmush darajasining ortishi ijtimoiy soha hizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. 381 3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‘sishi va urbanizatsiyaning quchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‘p miqdordagi moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo‘shimcha xarajatlarning o‘sishini keltirib chiqaradi. 4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug‘urtani rivojlantirish, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, ijtimoiy ta‘minot, tekin meditsina yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kabilar kiradi. 5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta‘minlash xarajatlari hajmining o‘sishi. Iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi: barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda soliq undirishning majburiyligi; soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning progressiv shakllari uchun soliq me‘yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta‘minlash; soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub‘ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. Olinadigan soliq summasining (R) soliq olinadigan daromad summasiga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi yoki: фоиз D R R 100 ` Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi. 1. Naflilik tamoyili har xil sub‘ektlardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 382 2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 3. Adolatlilik tamoyili daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma‘lum guruhlarni (masalan,urush faxriylarini) ozod qilish; soliq darajasi (stavkasi) ni pasaytirish; soliq olinadigan summadan chegirish; soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma‘lum miqdorga kamaytirish) Soliqlarni turkumlashga har hil mezonlar asosida yondashiladi. I. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi. Agar soliqning o‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o‘sib borsa, progressiv soliq hisoblanadi. Daromadlar o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. Proportsional soliq o‘rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog‘liq bo‘l- magan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi. II. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra soliqlar quyidagi turlarga ajratiladi: Daromaddan olinadigan soliqlar. To‘lovchining yillik daromadidan chegiriladigan qismi; 383 Foydasidan olinadigan soliqlar huquqiy shaxslarning sof foydasidan olinadi; Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi; Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda boyliklardan olinadi; Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aktsizlar, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi. III. Undirilishi usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita soliqlar farqlanadi. Bevosita soliqlar iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayonida sub‘ektlar daromadlari hisobidan undirilsa, bilvosita soliq to‘lovchilar tovar va xizmatlardan foydalanuvchilar hisoblanadi, shu sababli bilvosita soliqlar tovarlar narxiga ustama sifatida yuzaga chiqadi. Bilvosita soliqlarga aktsizlar,boj to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘i kabilar kiradi. IV. Amal qilish ko‘lamiga ko‘ra yoki undirilish darajasidan kelib chiqib umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlar ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilanganidek, (23-modda) mamlakat xududida umumdavlat soliqlar, majburiy to‘lovlar va yig‘inlar amal qiladi. Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi: Foyda solig‘i (huquqiy shaxslardan) Daromad solig‘i (jismoniy shaxslardan) Qo‘shilgan qiymat solig‘i Aktsizlar Yer qa‘ridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar. Umumdavlat darajasidagi majburiy to‘lovlar quyidagilar: yagona ijtimoiy to‘lovlar, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘arma yoki majburiy ajratmalar; respub- lika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar; bojxona to‘lovlari. 384 Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; transport vositalariga yoqilg‘idan foydalangani uchun olinadigan soliq (jismoniy shaxslardan) mahalliy darajada ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im majburiy to‘lov hisoblanadi mahalliy soliqlar tarkibiga kiradi. V. Soliq to‘lovchi subektlar turidan kelib chiqib jismoniy va huquqiy shaxslardan undiriladigan soliqlar farqlanadi. Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish soliq deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Soliq deklaratsiyasi soliq to‘lovchining joriy davrda olgan umumiy daromadi haqidagi rasmiy tasdiqlangan yozma bayonoti. Unda soliq to‘lovchining olgan daromad manbalari ko‘rsatilib qayd qilinadi va beriladigan soliq imtiyozlari haqida ham ma‘lumot beriladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling