379
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli
darajada markazlashgan
fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish
jarayonida yuzaga keluvchi
iqtisodiy munosabatlardir.
Moliyaviy dastak sifatida byudjet turli darajadagi pul mablag‘lari fondni
shakllantirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni
byudjet hisobidan moliyaviy ta‘minlashda ham undan moliyaviy dastak sifatida
foydalanish ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet markazlashtirilgan pul mablag‘larini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat
muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligida
namayon bo‘ladi.
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan
byudjet davlat yoki
mahalliy hokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me‘yoriy hujjatiga aylanadi.
Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular
davlatning investitsiya sarflari,
mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyojlar uchun
ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti xara-
jatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi.
1. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investitsiyalar;
2. Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot,
madaniyat) pul bilan ta‘minlash;
3. Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash;
4. Mamlakat mudofaasini ta‘minlash. Davlat byudjetining daromad qismi,
albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: