Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat fiskal siyosati
4. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
Davlatning fiskal siyosati soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratiladi. Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yo‘li bilan iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur‘atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga qaratiishi mumkin. 75 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz. 388 Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning ―qizib ketish‖ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqozo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyatsiyasi sur‘atini pasaytirishga imkon beradi. Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta‘sir qilishni anglatadi. “Fiskal” lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma‘noni bildiradi. Bu o‘z navbatida ―xazina siyosati‖ degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Xazina siyosatiga o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e‘tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir. 76 D.Keyns davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlan- tirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi. Fiskal siyosat (1) xukumat xarajatlarini kamaytirish, yoxud (2) soliqlarni ko‘paytirish, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishiga yo‘naltiriladi. XX asrning 20-yillarda davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining kontseptsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishilari: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanishga qaratiladi. XX asrning 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat keyns va neokeyns- chilik maktablarining iqtisodiy kontseptsiyalariga tayangan. Bunda quyidagilarga ustuvorlik berilgan; - Ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolari talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur; - Ishlab chiqarish yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur; 76 Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.449 389 - Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy beqarorlik talabning yetishmasligi natijasida yuzaga kelishi sababli iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta‘minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns ―samarali talab‖ tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste‘mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi; - Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi bandlikni ta‘minlashdan iboratdir 77 . Keynsning fikricha, davlat xarajatlarining shakllanishi, tuzilishi va o‘sishi ―samarali talab‖ga erishishdagi muhim omildir. Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsadidan kelib chiqib, uning iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlari ajratiladi. Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilgandi, fiskal siyosat bandlik darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga qaratiladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi Davlatning byudjet barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur. Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YaMM hajmining potentsial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyatsiya va ishlab chiqa- rishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi. Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy mauvozanatlikni ta‘minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu 77 Кэйнс Дж.M. Общая теория занятости, протцента и денег – M.; Progress, 1978. Стр.142 390 barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi. Iqtisodiy fan va xo‘jalik yuritish amaliyotida fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi: 1. Diskretsion fiskal siyosat – bu bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladi. 2. Nodiskretsion fiskal siyosat bu avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling