Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul tizimining tarkibiy qismlari.
- Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilganaktivlarning ha
3. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
4. Kredit turlari va tamoyillari turlari. Foiz stavkasi va unga ta’sir etuvchi omillar. 5. Bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati. 6. Pul multiplikatori. 1. Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pul tizimi – bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan pul muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. Pul tizimining tarkibiy qismlari. Pul birligi (dollar, marka, evro, rubl, so‘m va h.k.) va pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar). Pul emissiya qilish tartibi muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasalari. Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi. va milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilganaktivlarning ha- rakati.Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni qo‘shish yo‘li bilan aniq- lanadi. Likvidlik – bu turli moliyaviy va moddiy aktivlarning har xil to‘lovlarga zaruriyat bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. 394 Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi. 79 Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutloq likvidligi ustuvorlikka ega bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el valyutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib qoladi. Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Muomalani ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagilarga bog‘liq. 1. Muayyan davrda, (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi summasiga (T b ). Tovarlar qancha ko‘p va narxi baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul birligi talab qilinadi. 2. Pul birligining aylanish tezligiga (A t ). Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan ular ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‘liq. 3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog‘liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori (R m ) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. ; , b s t m t Т К Х P бунда А K s – qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi; X t - haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi; 79 Campbell R. McConnell ―Economics‖ Principles, Problems, and Policies 2008195 p 395 Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashda «Fisherning ayriboshlash tenglamasiga» asoslaniladi, ya‘ni QR=MV; yoki ; QР M бунда V Q -ayriboshlanadigan tovarlar miqdori R -tovarlar narxi M-muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori V -pulning aylanish tezligi Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling