Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


II. Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste‘mol, ipoteka va xalqaro kreditlar  ajratiladi.  Iste’mol krediti


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

II. Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste‘mol, ipoteka va xalqaro kreditlar 
ajratiladi. 
Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lib, tovar 
yoki pul shaklida berilishi mumkin. Bu kredit eng avvalo uzoq muddat 
foydalaniladigan iste‘mol tovarlarini sotib olish uchun beriladi hamda unga belgi-
lanadigan foiz birmuncha yuqori bo‘ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham o‘z 
o‘rniga ega. Jumladan, talabalarga o‘qish haqini to‘lashlari uchun maxsus ta‘lim 
kreditlari beriladi. Hozirgi paytda, uy-joy qurish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun 
imtiyozli kredit berish keng qo‘llaniloqda. 
Ipoteka krediti: ko‘chmas mulk (yer, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo‘yib 
olinadigan kredit.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosidagi harakatidir. 
Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Qarz beruvchi va qarz 
oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, hukumatlar, yirik korpo-
ratsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlar bo‘lib, ularning kredit berish shartlari 
bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin. 
III. Berilish vaqtiga ko‘ra: qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar ajratiladi. 
Qarz hajmi va muddatining cheklanish darajasiga ko‘ra limitlangan va 
limitlanmagan kreditlar farqlanadi. 
IV. Ishlatilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: aylanma kapitalini 
tashkil etish, hamda asosiy kapitalni sotib olish uchun foydalaniladigan kreditlar. 


403 
V. Kredit qaytarilishi ta‘minlanganligiga ko‘ra: ta‘minlanmagan yoki 
blankali (overdraft, kontokorrent) va ta‘minlangan kredit farqlanadi; 
VI. Berish usuliga ko‘ra: kompensatsion ya‘ni o‘z mablag‘larini to‘ldirish 
uchun hisob varaqasiga o‘tkaziladigan va to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiri-
ladigan kreditlar ajratiladi; 
VII. 
Qaytarilish tartibiga ko‘ra: to‘lash muddati uzaytirilgan, bo‘lib 
to‘lanadigan, hamda birdaniga to‘liq qaytariladigan kreditlarga bo‘linadi.
Kredit qaysi shaklda berilishidan qat‘iy nazar, uning asosiy tamoyillariga 
rioya qilinishi kerak. Bular quyidagilar: 
1. Qaytarilishligi. Bu faqat kreditning tamoyili bo‘lmasdan, balki uning 
xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uning pul berishning boshqa shakllari 
(subsidiya, dotatsiya kabilar)dan farqi ham shunda, qaytarilish tartibi bo‘lmasa 
kredit munosabatlari ham amal qilmaydi. 
2. Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyilida kredit shartnomasi 
tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko‘rsatiladi.
3. To’lovliligi. Qarz olib, ishlatilgan mablag‘ uchun ma‘lum miqdorda foiz 
to‘lanadi. Foiz stavkasi shakllanishiga eng avvalo, talab va taklif, Markaziy bank 
hisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi foiz va depozitlar stavkasi ta‘sir etadi. 
Depozitlar bo‘yicha stavka qancha yuqori bo‘lsa, kredit uchun foiz ham shuncha 
yuqori bo‘ladi.
4. Moddiy jihatdan ta’minlanganligi. Bu tamoyil qarz oluvchining olingan 
mablag‘ni qaytarishiga real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish 
uchun real tovar moddiy boyliklar zaxirasi hisobiga olinsa, shuning o‘zi kreditning 
ta‘minlanganini bildiradi.
Kredit berishda garov olish yoki kafil bo‘lish alohida o‘rin tutadi. Kafolatli 
shartnoma asosida kredit jismoniy shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, fermerlar, 
ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko‘ra kafolatchi qarzni 
qaytarishiga kafil bo‘ladi. Qarz shartnomasi sug‘urta kompaniyalari javobgarligi 
asosida ham tuzilishi mumkin. 


404 
5. Maqsadliligi. Kredit qat‘iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank 
kredit berishda qarz olayotgan sub‘ekt uni nima maqsadda olayotgani, undan 
qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi. 
6. Kredit berishga tabaqalashgan holda yondashish. Bu tamoyil turli qarz 
oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi.
Rivojlangan bozor xo‘jaligida ssuda kapitali yoki qarz majburiyatlari 
bozori vujudga keladi. Bu bozorda pul kapitali oldi-sotdi qilinadi. Bunda pul 
qo‘shimcha foyda keltirish layoqatiga ega bo‘ladi. Uning narxi foiz bo‘lib, bu 
puldan foydalanganligi uchun beriladigan haq - to‘lovidir. U ssuda hamda bank 
foizidan iborat bo‘ladi. Mijozlar odatda o‘z pullarini bankka qo‘yar ekanlar unga 
foizli daromad olishadi. Bankning olgan daromadidan pul egalariga to‘laydigan qis-
mi bank foizi deb ataladi.
Odatda ssuda foizi bank foiziga nisbatan yuqori belgilanadi. Bu bank xara-
jatlarini qoplash va daromad olish imkonini beradi. Bank muassasi oladigan va 
beradigan foiz o‘rtasidagi farq marja deyiladi.
Qarzga olingan pul kapital sifatida ishlatilganda, foyda olish nazarda tutiladi. 
Pul egasi mulkdor sifatida pulini ishlatib olingan foydaning bir qismini 
o‘zlashtiradi. Foiz miqdori qarz olingan pulni ishlatish orqali olingan daromaddan 
qoplanadi.
Qarz olingan pul iste‘mol uchun ishlatilsa, foizli daromadning bir qismi 
bo‘lmaydi, u qarzdorning kelajakda kutiladigan shaxsiy daromadining iste‘mol 
maqsadida ishlatiladigan qismidan qoplanadi.
Ssuda kapitaliga talab va taklif asosida muvozanatlashgan ssuda foizi 
aniqlanadi. 
Odatda bozor va o‘rtacha foiz normasi farqlanadi. Bozor foizi normasi bozor 
kon‘yukturasiga bog‘liq bo‘ladi. U iqtisodiyotdagi tsiklning: yuksalish yoki 
turg‘unlik fazasidan faollikka bog‘liqlikda tebranib turadi. O‘rtacha foiz normasi 
uzoq muddat davomida uning o‘zgarish tamoyillarini ifodalaydi. 
Ssuda kapitaliga bo‘lgan talab va taklifga bir qator omillar ta‘sir qiladi. Bular: 
- Ishlab chiqarish hajmi;


405 
- Jamg‘arilgan pul hajmi-ya‘ni jamiyatdagi barcha qatlam va tabaqalar 
jamg‘armasi; 
- Ishlab chiqarishning tsikllik tebranishi; 
- Ishlab chiqarishning mavsumiy sharoitlari; 
- Inflyatsiya sur‘ati;
- Davlat tomonidan foiz stavkasining tartibga solinishi;
- Tashqi omillar. 
Foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, pul egalarining naqd pulni bankda 
saqlashga intilish kuchayadi. Foiz stavkasi past bo‘lganda, aksincha likvidligi eng 
yuqori (100%) naqd pulga ega bo‘lishga intilish kuchayadi. Shu bilan birga qarz 
oluvchi bank tizimi uchun aksincha foiz stavkasi yuqori bo‘lsa, pulga talab 
shuncha kam, aks holda yuqori bo‘ladi. 
Dm Sm 


Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling